Sport | 19:10 / 12.03.2017
14394
2 daqiqa o‘qiladi

Yosh dinamochilar hayron qoldirishda davom etadi. Toshkentda «Paxtakor» mag‘lub etildi

Bugun, 12 mart kuni, Oliy Liganing 2-tur uchrashuvlari yakunlanganidan 1 kun o‘tib, 3-tur doirasidagi uchrashuvlardan biri o‘tkazildi.

Unda Toshkentning «Paxtakor» klubi mavsum debyutanti, Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qildi.

O‘tgan turda Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga tushirib, rekord qayd etgan samarqandliklar jamoasi bu turda ham yosh tarkibni maydonga tashladi. O‘tgan 2 turda ketma-ket g‘alabalar qayd etib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan jamoa bu turda ham o‘z natijalari tasodif emasligini isbotladi.

88-daqiqada mehmonlar jamoasi o‘yin taqdirini hal qilgan golni urishdi. O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Radu Rogak boshi bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochdi - 0:1.

Bu hisob qolgan daqiqalarda o‘zgarmasdan qoldi va muxlislar orasida «o‘zbek Lesteri» nomini olgan «Dinamo» muvaffaqiyatini mustahkamlab, turnir jadvalida yakkapeshqadamga aylandi. Jamoa 3 uchrashuvdan buyon darvozasi daxlsizligini saqlamoqda. «Paxtakor» esa 4 ochkosi bilan hozircha to‘rtinchi o‘rinda.

Oliy liga, 3-tur
«Paxtakor» - «Dinamo» - 0:1
Gol: Radu Rogak 89, - 0:1
«Paxtakor»: Botirali Ergashev, Vladimir Kozak, Adnan Oraxovats, Yuritsa Bulyat, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullayev (Kamoliddin Tojiyev, 79), Azimjon Ahmedov, Stanislav Andreyev (Sherzod Karimov, 54), Suhrob Nurullayev (Jasurbek Hakimov, 69), Jamshid Iskanderov, Igor Sergeyev (s)
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (s), Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Javohir Qahramonov, Shoxruh Xolmatov, Damir Nizanov (Radu Rogak, 66), Orif Mamajonov (Abdumalik Abdullayev, 74), Abdujamol Isroilov
Ogohlantirishlar: Shoxruh Xolmatov 75, Azimjon Ahmedov 84, Davron Hoshimov 85. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid