09:41 / 12.03.2017
27437

OAV: Krishtianu Ronaldu egizaklarga ota bo‘ladi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez vaqtlar ichida yana ota bo‘ladi, bu safar egizaklarga. The Sun tabloidi 32 yoshli futbolchining oilasiga yaqin manbaga asoslanib xabar qilishicha, bu safar u egizaklarga otalik qiladi.

AQShda istiqomat qiluvchi surrogat ona hozirda futbolchining farzandlarini qornida ko‘tarib yurgani va u yaqin vaqt ichida portugaliyalik futbolchi uchun egizaklarni dunyoga keltirishi aytilgan.

«Krishtianu oilasining yangi a'zolarini sabrsizlik bilan kutmoqda. U shaxsiy hayoti haqidagi yangiliklarni oshkor etishni istamaydi, ammo u egizaklar tez orada tug‘ilishi haqida yaqinlariga aytgan. U farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish vaqti kelganini his qilmoqda», — deyilgan xabarda.

Ayni vaqtda ushbu badavlat futbolchining  6 yoshli o‘g‘li bor va u ham surrogat onadan dunyoga kelgan.

Mavzuga oid
Top