Fotima va Zuhra Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidan. Ular hozir özbek tilidan taşqari rus, ingliz va nemis tillarida bemalol muloqat qila oladi. Qizlar bu tillarni maxsus kurslarsiz, asosan bepul onlayn darslar orqali mustaqil örgangan. Qiziği, egizaklar allaçon özlari ham boşqa öquvçilarga til örgatişni boşlab yuborgan. Kun.uz muxbiri mehnatkaş oilada ulğaygan qizaloqlar bilan tarbiya muhiti hamda tillarni qanday örgangani haqida suhbatlaşdi.

Egizaklarning otasi ustaçilik bilan şuğullanadi, onasi esa tikuvçilik qiladi. Oilada moddiy jihatdan katta imkoniyatlar bölmagan, şunga qaramay ota-ona farzandlarining ta’limiga alohida e’tibor qaratgan.

Qizlarning aytişiça, ularning til örganişga qiziqişi uç yoşidayoq paydo bölgan. Otasi uyga rasmli luğatlar olib kelib, qizlarda söz va tasvir örtasidagi boğliqlikni öyin orqali şakllantirgan.

“Dadamiz köp rasmli luğatlar olib kelardi. Biz rasmlarga qarab narsalarni tasvirlab berişga harakat qilardik. Oyimiz esa sözlarni öyin tarzida örgatardi. Şu sabab til örganiş biz uçun majburiyat emas, qiziqarli maşğulot bölgan”, – deydi Fotima.

Mutaxassislarning fikriça, aynan 3-6 yoş oraliği bola miyasi uçun yangi tillarni qabul qilişda eng faol davr hisoblanadi. Fotima va Zuhra misolida ham bu jarayon tabiiy qiziqiş bilan boşlanib, keyinçalik intizomli maşğulotga aylangan.

Egizaklar til örganişdagi muhim omil sifatida takrorlaşni tilga oladi. Bu tamoyil ularga otasi tomonidan singdirilgan.

“Dadamiz doim aytadi: bilimning onasi – takrorlaş. Agar yangi til örganayotgan bölsang, uni işlatmasang, esdan çiqib ketadi. Şuning uçun, odatda, bir-birimiz bilan turli tillarda gaplaşib maşq qilamiz”, – deydi Zuhra.

Egizaklar til örganişda özaro hamkor bölib kelgan. Masalan, ulardan biri rus tilida savol bersa, ikkinçisi ingliz tilida javob berib, ikki tilni bir vaqtning özida maşq qilgan.

Tilşunoslar bunday usulni köp tilli muhitni sun’iy yaratiş deb ataydi. Ya’ni inson atrofida tabiiy muhit bölmasa ham, özi uçun amaliy maşq şaroitini hozirlaşi mumkin.

Fotima va Zuhra tillarni örganişda asosan internetdan foydalangan. Ular YouTube’dagi bepul darslar, til örgatuvçi kanallar, luğatlar va xorijiy videolar orqali bilimlarini mustahkamlagan. Masalan, rus tilini örganişda Moskvada yaşovçi bloger öqituvçining videodarslarini muntazam tomoşa qilgan. Hatto keyinçalik Buxoroga kelganida u bilan uçraşişga ham muvaffaq bölgan.

“YouTube’da juda köp bepul darslar bor. Avvaliga tuşuniş qiyin böladi. Lekin muntazam eşitib va takrorlab borsangiz, asta-sekin til özingizga yaqinlaşib, örganiş osonlaşadi”, – deydi ular.

Qizlar tilni faqat darsliklar orqali emas, kitob mutolaasi orqali ham rivojlantiradi. Hozir ular ingliz yozuvçisi Mitç Albomning “The next person you meet in heaven” asarini ingliz tilida mutolaa qilmoqda. Bundan avval esa Paulo Koyeloning “The Alchemist” kitobini öqigan. Ularning aytişiça, kitob mutolaasi tilni çuqurroq his qilişga yordam beradi.

“Kitob öqiganda yangi sözlar, yangi fikrlar uçraydi. Bu nafaqat tilni, balki dunyoqaraşni ham kengaytiradi”, – deydi qizlar.

Fotima va Zuhra hozirda öz bilimlarini boşqalar bilan ham ulaşmoqda. Maktab rahbariyati ularning taşabbusini qöllab-quvvatlab, dars ötişlari uçun alohida sinfxona ajratib bergan. Egizaklar şu yerda kiçik yoşdagi öquvçilar uçun ingliz va rus tili böyiça kurslar taşkil etgan. Dastlab, ular uç oy davomida darslarni bepul ötgan. Şu vaqt içida kurslarda qariyb 50 nafar öquvçi qatnaşgan. Hatto 30 yoşdan oşgan tinglovçilar ham bölgan. Bugun esa kurslar pulli asosda davom etmoqda. Öquvçilarning yoşi uçinçi sinfdan sakkizinçi sinfgaça.

Fotima va Zuhra kelajakda dunyoning nufuzli universitetlaridan biri – Kembrij oliygohida öqişni orzu qiladi.

Ularning hikoyasi haqidagi suhbatni batafsil Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.