Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» futbolchisiga «Chelsi» va «Manchester Siti» da'vogar, «Chelsi» ko‘proq taklif qilmoqda
«Chelsi» rahbariyati «Yuventus» klubiga tegishli bo‘lgan yarimhimoyachi Kingsli Komanning transferi bo‘yicha turinliklarga aloqaga chiqqan, deya xabar bermoqda Téléfoot.
Komanning «Bavariya» bilan ikki yillik ijara shartnomasi joriy mavsumdan so‘ng nihoyasiga yetadi. Ammo «Bavariya» direktorlar Kengashi raisi Karl-Haynts Rummeniggening so‘zlariga ko‘ra, nemis klubi ixtiyorida shartnomaga muvofiq futbolchini 18 million yevro evaziga butunlay sotib olish huquqi bor.
Ammo fransuz manbasi bergan xabarga ko‘ra, «Chelsi» «Yuventus»ga 20 yoshli futbolchi uchun 60 million yevro miqdorida taklif jo‘natgan. Shuningdek «Manchester Siti» ham fransuz futbolchisini o‘z safida ko‘rishni istamoqda va uning uchun 50 mln yevro berishga tayyor turishibdi.

Agar Koman ingliz klublaridan birining taklifiga rozi bo‘ladigan bo‘lsa, «Bavariya» bilan kelishuvda bo‘lgan majburiy 18 million yevrolik bitimni rad etishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
13:37 / 29.01.2026
Lissabonda drama. Darvozabon «Real»ga gol urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi
12:32 / 22.01.2026