«Liverpul» va «Çelsi» uçraşuvi – APLning bu turidagi eng yorqin öyinlardan bölişi kutilgandi. Rasman ikki jamoa ham Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraşmoqda. Farqi şuki, birinçisi amalda özi uçun yöllanmani deyarli naqd qilgan, ikkinçisi esa faqat nazariy imkoniyatga ega.
Bungaça «Çelsi» APLda qatorasiga olti öyinda yutqazgan va tarixiy antirekord arafasida edi (londonliklar 1952 yildan buyon ilk bor qatorasiga yetti öyinda mağlub bölgan). Qolaversa, şu kuni Netu, Estevao, Garnaço va Gittens kabi qanot hujumçilaridan foydalana olmagan «Çelsi» bu pozitsiyaga himoyaçi Kukurelyani tuşirdi.
«Liverpul» kutilganidek öz maydonidagi öyinni kuçli boşladi va oltinçi daqiqadayoq hisobni oçdi. Gravenberh jarima maydoni taşqarisidan turib töpni tösin ostidan darvoza töriga kiritdi.
Lekin tarkibdagi muammolarga qaramay, mehmonlar safardan oçko olib qaytadigan bölişdi. 34-daqiqada londonliklar yetakçisi Enso Fernandes jarima zarbasini ijro etdi, töp heç kimga tegmasdan Mamardaşvili qöriqlayotgan darvozaga borib tuşdi – 1:1.
Ikkinçi bölimda hisob özgarmay qoldi, «Liverpul» baribir törtinçi örinni özida saqlab qoldi, «Çelsi»ning vaziyati esa oğirlaşdi. Bir tomondan, londonliklar APLdagi mağlubiyatli seriyasiga barham berdi, boşqa tomondan, bu durang yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşda yomon natija hisoblanadi. Köklar töqqizinçi örinda qoldi, ammo tur yakunlariga köra turnir ekvatorining ikkinçi qismiga tuşib ketişi mumkin.
Turnir motivatsiyasiga ega bölmagan «MYu» «Sanderlend» maydonida barça jabhalarda ortda qoldi va birinçi bölimning özida darvozasi tomon 10 bor zarba yöllanişiga yöl qöyib berdi. «Qizil iblislar»ning şu kungi eng yaxşi futbolçisi Lammens böldi, belgiyalik darvozabon şanba kungi öyinda Xg böyiça 2,07 körsatkiçida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
U ulgurmagan holatlarda esa jamoa joniga darvoza ustuni ora kirdi. Maykl Kerrik şogirdlari faqat öyin oxiriga borib faollaşdi va bir neça bor xavfli hujumlar uyuştirdi. Ammo Mateus Kunya avvaliga qulay pozitsiyada turib, mezbonlar darvozaboni Rufsni alday olmadi, keyin esa penalti işlaşga urinib, sariq kartoçka bilan jazolandi.
Yakunda qatorasiga uç ğalabadan keyin oçko yöqotgan bölsa-da «MYu» uçinçi örinni heç kimga bermaydi, «Sanderlend»ning yevrokuboklar (Konferensiyalar ligasi) yöllanmasi uçun kuraşdagi imkoniyatlari esa pasayib ketdi.
«Brayton» – «Vulverhempton» 3:0
Gollar: Hinşelvud, 1 (1:0). Dank, 5 (2:0). Minte, 86 (3:0)
«Brayton»: Verbryuggen, Dank, van Hekke, De Keyper (Març, 88), Ferdi Kadiöğli, Baleba (Ayyari, 76), Gros, Hinşelvud (Kostulas, 88), Mitoma (Veltman, 58), Minte, Uelbek (Ryutter, 76)
«Vulverhempton»: Bentli, S. Bueno, T. Gomeş, Moskera, Andre, Gomes (A. Gomeş, 89), U. Bueno (Volfe, 46), Pedro Lima (R. Gomeş, 67), Armstrong, Mane (Bellegard, 67), Hvang Hi Çhang (Arokodare, 89)
Ogohlantirişlar: Mitoma, 24 – Hvang Hi Çhang, 49. Andre, 68
Yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşayotgan «Bornmut» va «Brayton»da esa YeÇLga çiqiş uçun ham nazariy jihatdan imkoniyatlar saqlanib qolmoqda. Lekin barçasi uşbu jamoalarning öz qölida emas, ammo jamoalar öziga boğliq işlarni bajarişmoqda.
«Brayton»ning öyini tezkor gol bilan boşlandi, 35-soniyadayoq Hinşelvud APLning joriy mavsumdagi eng tezkor golga mualliflik qildi. 5-daqiqaga kelib «Vulverhempton» Dankdan ham gol ötkazib yubordi va amalda öyin masalasi hal böldi. Öyin oxirida Minte yaqin burçakni aniq nişonga olib, yakuniy natijani örnatdi.
«Bornmut»da esa barçasi biroz qiyinroq keçdi. Jamoa birinçi bölim oxirlarida ozçilik bölib qoldi, ammo bir neça daqiqa ötib vaziyat tenglaşdi: avvaliga Kristi qöpol podkat uçun qizil kartoçka olgandi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda «Fulhem» himoyaçisi Andersen ham şunday harakati uçun jazolandi. Öyinning ikkinçi bölimi «10 ga 10» formatida keçdi va Rayan qarşi hujumlardan birini gol bilan yakunladi. Uşbu braziliyalik iste’dodning sa’y-harakatlari orqali mehmonlar ikkinçi golni urişi ham mumkin edi, ammo Tryuffer uning uzatmasidan keyin darvoza tomon zarba yöllaganida himoyaçi qahramonlik körsatdi.
Boy berilgan vaziyatlar öyin oxirida mehmonlarga qimmatga tuşişi mumkin edi, ammo qöşimça daqiqalarda mezbonlar futbolçisi King yöllagan zarbadan keyin töp tösindan qaytdi. Mavsum yakunida jamoani tark etişini e’lon qilib ulgurgan Andoni Iraola amalda «Bornmut» uçun tarixda ilk bor yevrokuboklarda iştirok etişni kafolatladi. Ammo jamoa aynan qaysi turnirga yöllanma olişi aniq emas. Bu turdagi öz öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Aston Villa» bilan oradagi farq uç oçkoni taşkil etmoqda. Ammo «Aston Villa» Yevropa ligasi finalida ğolib çiqsa va beşinçi örinni saqlab qoladigan bölsa, APL uçun ajratilgan yöllanmalar soni oltitaga yetadi va oltinçi örindagi «Bornmut» ham YeÇL iştirokçisiga aylanişi mumkin böladi.
Duşanba kungi öyinda «Everton» maydonida oçko yöqotgan (3:3) «Mançester Siti» çempionlik poygasida taşabbusni «Arsenal»ga qaytargandi. «Şaharliklar» bunday vaziyatda xato qilişga haqqi yöq edi va «Brentford»ga qarşi öyinda taşabbusga egalik qildi, mehmonlar esa mudofaani mustahkam uşlab, standart vaziyatlarga tayandi. Mezbonlar birinçi bölimdagi qator vaziyatlaridan foydalana olmadi, bölimdagi eng köp muhokama qilingan vaziyat esa aynan mezbonlar darvozasi oldidagi holat böldi.
Birinçi bölim örtalarida «Brentford» hujumçisi Kevin Şade darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotganida ortdan yetib kelgan Nunes tomonidan töxtatildi, ammo hakamlar bu vaziyatda fol qayd etişmadi, VAR ham aralaşmadi.
Yana bir epizodda esa «Siti» sardori Bernardu Silva raqib himoyaçisini oçiqçasiga urdi, ammo hakam sariq kartoçka körsatiş bilan kifoyalandi.
Ikkinçi bölim boşida mehmonlar qator xavfli hujumlar uyuştirişdi, jamoa töpurari Igor Tiago yaqin masofadan zarba berdi, ammo Donnarumma işonçli harakat qildi. Öyinning bir soat vaqti ortda qolayotganida esa «Siti» baribir öz maqsadiga erişdi. Doku jarima maydonida raqibning sovğasidan foydalanib, töpga ega çiqdi va uni olis burçakka aylantirib yönaltirdi. Keyin esa Fodenda juda yaxşi vaziyat yuzaga keldi (Kelleher qutqardi), Şade jarima maydoni içida yana öşa Nunes bilan kontaktdan keyin yiqitildi, hakam yana e’tibor qaratmadi. 75-daqiqada esa Holand çempionatdagi 26-golini urib, amalda öyin taqdirini hal qildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Marmuş hisobni yiriklaştirdi. Xosep Gvardiola şogirdlari bu ğalaba orqali hamon çempionlik uçun kuraşda ekanini namoyiş etdi va yakşanba kuni «Arsenal» «Vest Hem» bilan öyinda oçko yöqotişini kutadi.
Şu kuni Gvardiola özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanovni qaydnomaga ham kiritmadi. Bu yoş futbolçi «Everton» bilan öyinda kiçik jarohat olgani va murabbiy tavakkalçilik qilmaslikka qaror qilgani bilan izohlangan.
«Atletiko» YeÇLni tark etganidan keyin hafsalasini yöqotdi va mavsumni şunçaki yakunlab qöyiş uçun öynamoqda. Şanba kungi öyin madridliklar uçun amalda heç qanday ahamiyatga ega emasdi, «Selta» esa hamon YeÇLga yöllanma beruvçi beşinçi örin uçun imkoniyat saqlab qolmoqda. Yakunda oçko köproq kerak bölgan jamoa ğalabaga erişdi, öyin taqdirini Svedbergning jarima maydoniga bergan uzatmasi va u yerda töpga ega çiqqan Borxa Iglesias aniq harakat qilişi hal etdi. Galisiyaliklar muhim ğalabadan keyin beşinçi örindagi «Betis» bilan oradagi farqni uç oçkoga qisqartirdi.
San-Sebastyandagi öyinni esa har ikki jamoa vaziyatlarni kökka sovuriş bilan boşladi. Avvaliga Antoni yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, aniq zarba bera olmadi, keyin esa «Real Sosedad»ning ikki futbolçisi «Betis» darvozaboni qarşisiga çiqib borgan hujum Oskarssonning noaniq pasi tufayli yöqqa çiqdi. Tanaffus arafasida darvoza ustuni mehmonlarni goldan qutqarib qoldi, javob hujumida esa Antoni hisobni oçdi.
Ikkinçi bölim boşida Azzalzuliy hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi. Marokaşlik hujumçi qanotda özini ta’qib qilayotgan himoyaçini ortda qoldirib, jarima maydoniga kirib bordi va aylanma zarba ijro etdi. Ammo bu gol ham, Gorroçategining goli ofsayd tufayli bekor qilinişi ham basklarni sindira olmadi. Avvaliga Oskarsson aybini yuvib, hisobni qisqartirdi. 90-daqiqada esa Oyyarsabal penaltini aniq ijro etib, mehmonlarni muhim oçkolardan mahrum etdi.
Bu durang beşinçi örin uçun kuraşni keskinlaştirdi va «Betis» mavsum yakuniga uç tur qolganida «Selta»dan uzoqlaşib ketolmadi.
«Galatasaroy» Turkiya çempionatning 33-turi doirasida «Antalyaspor»ni 4:2 hisobida mağlub etib, muddatidan oldin çempionlikni rasmiylaştirdi. Istanbulliklar safida Lemina va Oyxon bittadan gol urdi, Viktor Osimhen dubl qayd etdi.
Şu tariqa, «Galatasaroy» mavsum yakuniga bir tur qolganida oçkolari sonini 77 taga yetkazdi, ikkinçi örindagi «Fenerbahçe» (73) esa sönggi tur natijalaridan qat’i nazar, birinçi öringa çiqa olmaydigan böldi. Bu «Galatasaroy» uçun qatorasiga 4-, tarixdagi 26-çempionlikka aylandi.
Turkiya çempionatining 33-turida «Boşoqşehir» öz maydonida «Samsunspor»ni qabul qildi. Öyinning 6-daqiqasida mezbonlarning özbekistonlik hujumçisi Eldor Şomurodov penaltini aniq ijro etib, hisobni oçdi. Bölim oxirlarida esa uning uzatmasidan keyin Sari ikkinçi golni urdi.
30 yoşli hujumçi şu kuni çempionatdagi gollari sonini 21 taga yetkazdi va endi töpurarlar poygasidagi Pol Onuaçuni bitta gol farqi bilan ta’qib etmoqda.
Şu kuni «Boşoqşehir» safidagi yana bir özbekistonlik futbolçi Abbosbek Fayzullayev ham öz hisobiga gol yozib qöydi va hisobni yiriklaştirdi (3:0).
Bu ğalabadan keyin istanbulliklar jamoasi oçkolari sonini 54 taga yetkazib, 6-örinda bormoqda. Sönggi turni safarda «Gaziantep»ga qarşi bölib ötadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi