Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi 7 yillik taqiqlovdan keyin yana Xitoyga qaytishi mumkin
"Google akademiyasi" qidiruv tizimi tufayli Google kompaniyasi Xitoyga qaytishi mumkin. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda.
"Google akademiyasi" – ta'limning barcha sohalaridagi ilmiy maqolalar matnlari bo‘yicha qidiruvchi tizimdir. Ma'lum qilinishicha, Xitoy mamlakatning "akademik taraqqiyotini" kuchaytirish maqsadida ushbu xizmatga yana qaytish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Google va uning xizmatlarining katta qismidan Xitoy hududida 7 yildan beri foydalanib bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar ulardan foydalanish uchun VPN (virtual xususiy tarmoq) qo‘llashga majbur bo‘ladilar.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026