Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron munosabatlari chuqurlashtiriladi
13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ibrohim Rahimpur boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida O‘zbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida turli shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqboli muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishda, shuningdek, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga e'tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish alohida ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Muzokaralar chog‘ida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni doimiy asosda o‘tkazish ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni tizimli ko‘rib chiqish, hamkorlikning O‘zbekiston va Eron manfaatlariga mos keluvchi yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish imkonini berishi e'tirof etildi.
Maslahatlashuvlarda Eronning Toshkentdagi elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026