Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy: Bizga AQSh bilan «savdo urushlari» qiziq emas
Foto: AP
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan Xitoyga AQSh bilan “savdo urushlari” qiziq emasligini ma'lum qildi, sababi bu ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yaxshilamaydi, deb xabar bermoqda «Sinxua».
«Mening fikrimcha, qanday kelishmovchiliklar bor ekani ahamiyatsiz, biz o‘tirib, bir-birimiz bilan masalani yechish uchun gaplashib olishimiz kerak... Biz o‘zaro manfaatlarni kengaytirishga e'tibor qaratishimiz kerak, o‘ylashimcha, bu to‘g‘ri tanlov... Biz mamlakatlar o‘rtasida hech qanday savdo urushlarini ko‘rishni istamaymiz. Bu savdoni yaxshi qilmaydi», - dedi u «Ikki sessiya» tadbirida yakuniy nutq bilan chiqish qilib.
Li Ketsyanning ta'kidlashicha, Pekin «yagona Xitoy» siyosatiga amal qilinishda davom etilsa, hamkorlik uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonadi.
«O‘ylashimcha, har ikki tomon uchun strategik manfaatlarni qo‘llab-quvvatlab turish, bir-biri bilan o‘zaro tushunishni yaxshilash uchun muloqot qilishi muhim», - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir.
Xitoy bosh vazirining ta'kidlashicha, XXR raisi Si Tszinpin va AQSh prezident Donald Trampning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
22:54 / 27.04.2026