Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik kaskadyor jinoyatchi qo‘lga tushdi
Bugun kechasi Rossiya hududiga noqonuniy kirish harakatining oldi olindi. Bu ishni O‘zbekistondan bo‘lgan migrant amalga oshirmoqchi, deb xabar berdi Qalmiqiston respublikasi va Astraxan viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonning 34 yoshli fuqarosi Oqsaroy bekatida chegara nazoratidan o‘tmaslik uchun, Toshkentdan Volgogradga qarab harakatlanayotgan poyezd vagonidan sakragan va viloyat markaziga bildirmasdan yetib olishga uringan. Qidiruv tadbirlari davomida u ushlangan.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, 2015 yilda ham erkak bunday "tryuk" uchun 7 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Endilikda sakrashni yoqtiradigan retsidivist 4 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026