Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati va Tatariston Savdo-sanoat palatalari hamkorlik qiladi
Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Tatariston respublikasi Qozon shahrida Tatariston Savdo-sanoat palatasida muzokaralar o‘tkazdi.
Tatariston SSP raisi Shamil Ageyev ikki respublika o‘rtasidagi hamkorlik zarur ekanini ta'kidlab o‘tdi hamda Tatariston palatasining ikki tomonlama loyihalarni faollashtirish uchun tashqi-iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga ko‘mak berishi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayevning ta'kidlashicha, Tatariston ishchi aloqalarni rivojlantirishda muhim va ishonchli sherikdir.
Oqbo‘tayev ushbu tashrif ikki tomonlama xalqaro hamkorlikka foyda keltirishiga umid bildirdi.
Tomonlar uchrashuv davomida O‘zbekiston va Tataristonning iqtisodiy imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Samarqand viloyati SSP va Tatariston SSP hamkorlik haqida kelishuv imzolashdi. Ikki mamlakat ishchi doiralari muzokaralar o‘tkazishdi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026