08:47 / 15.03.2017
11855

Sog‘liqni saqlash idoralari faoliyatida qancha qonun buzilish holatlari aniqlandi?

Toshkent shahar adliya boshqarmasining inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning tizimlarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun talablariga rioya etilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi ahvoli o‘rganildi.  

Ma'lum bo‘lishicha, o‘rganish natijasida 2016 yil yakuni bo‘yicha sog‘liqni saqlash idoralari faoliyatida 4469 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shunga ko‘ra, mazkur qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor mas'ul xodimlarga tegishli chora ko‘rish haqida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi, natijada 6ta noqonuniy buyruqlar bekor qilingan, 16ta mas'ul xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 2 ta mas'ul xodim (egallab turgan lavozimidan ozod etildi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bundan tashqari, 23 ta mas'ul xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43, 176-1-moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qaroriga asosan 23 ta mas'ul xodim ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Top