Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston tog‘lariga 10 tadan ko‘p bomba tashlandi
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi aviaguruhi Tojikistondagi Harbmaydon tog‘li poligonida bomba tashlash va boshqarilmaydigan aviatsiya raketalarini otish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarda Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari ekipajlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Uchuvchilarning vazifasiga yerdagi nishonlarga raketalar otish va belgilangan kvadratlarga bomba tashlash kirgan. Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, yakuniy maqsad noqonuniy qurollangan guruhlarga tegishli avtomobil texnikasi kolonnasi, mashg‘ulot lageri va qurol-aslaha omborini nishonga urish bo‘lgan.
"Topshiriqlar Mi-8 va Mi-24 vertolyotlarida bajarildi. Hammasi bo‘lib 10 tadan ko‘proq aviatsiya bombasi tashlangan va 50 taga yaqin raketa otilgan. Ekipajlar, shuningdek, nishonlarga eng past balandliklarda yaqinlashishni mashq qilishdi", deb ma'lum qilindi xabarda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026