21:10 / 16.03.2017
5428

Afg‘onistonda IShIDning 17 jangarisi yo‘q qilindi

NATOning droni Afg‘oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida IShID jangarilari obektlariga zarbalar berdi. Buning oqibatida 17 jangari yo‘q qilindi, deb ma'lum qildi viloyat ma'muriyati matbuot kotibi Ataulloh Ho‘gyoniy "Anadolu" axborot agentligiga. 

Uning aytishicha, aviazarbalar terrorchilarning Achin uyezdidagi obektlariga berilgan.

Barcha yo‘q qilingan jangarilar xorijiy jangarilar bo‘lgan. Hujum vaqtida mahalliy aholi jabr ko‘rmagan.

Top