Jamiyat | 16:14 / 16.03.2017
13573
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi ikkita lyuks mashinani geroinga almashtirmoqchi bo‘ldi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasi prokuraturasi Toyota Land Cruiser 200 va Lexus 570 avtomobillarini 5 kilogramm afg‘on geroiniga almashtirib yubormoqchi bo‘lgan ikki nafar erkakka nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. Ular Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan 2016 yilda qo‘lga olingan, deyiladi prokuratura saytida.

Tergovga ko‘ra, 2016 yilning aprel-may oylarida ayblanuvchilar Oltoy o‘lkasida olib qochilgan deb hisoblanuvchi xorijiy mashinalarni real narxidan ikki barobar arzonroqqa topish va sotib olishga harakat qilishgan. Yakunda ular Toyota Land Sruiser 200 va Lexus 570’ni topishdi hamda mashinalarni Rossiyadan qimmatroqqa sotish maqsadida olib chiqib ketishni rejalashtirishgan.

Biroq ular transport vositasiga to‘lovni pul yordamida amalga oshirmoqchi bo‘lishmagan – avtomobillar evaziga 5 kg geroinni taklif etishdi. Giyohvand moddaning umumiy qiymati 6 mln rubldan ko‘proqni tashkil etgan.

Ayblanuvchilar geroinni berishganidan so‘ng Rossiya FXXning Oltoy o‘lkasi bo‘yicha tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ular 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Avvalroq ayblovlar O‘zbekistondan bo‘lgan 22 yoshli yigit va 46 yoshli rossiyalikka qo‘yilgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid