Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
Moskva sudi Litvada yashayotgan rossiyalik xonanda Yelizaveta Girdimovani (Monetochka) «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonun talablarini bajarmaganlikda aybdor deb topdi. Sud unga sirtdan bir yillik umumiy tartibdagi koloniya jazosini tayinladi.
Moskva prokuraturasi ma’lum qilishicha, sud qo‘shiqchi Yelizaveta Girdimova, sahnadagi nomi Monetochka bilan tanilgan xonandani, «chet el agenti» sifatidagi majburiyatlarni bajarmaganlikda aybdor deb topgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda bir yil davomida ikki marta «chet el agent»lari faoliyati tartibini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shunga qaramay, u ijtimoiy tarmoqlarda o‘z materiallarini qonunchilikda belgilangan «chet el agenti» belgisini qo‘ymasdan tarqatishda davom etgan.
Sud qaroriga muvofiq, Monetochka bir yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyaga hukm qilindi. Shuningdek, unga uch yil davomida internet saytlari va boshqa onlayn resurslarni boshqarish ham taqiqlandi.
Hukm sirtdan chiqarilgan. Chunki xonanda hozirda Litvada istiqomat qiladi, Rossiyada esa qidiruvga berilgan.
Monetochka 2025 yil oktyabr oyida ham «chet el agenti» talablarini bajarmaganlik bo‘yicha sirtdan hibsga olingan edi. Keyinchalik, o‘sha yilning noyabr oyida unga 50 ming rubl miqdorida jarima ham tayinlangan.
Xonanda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga ochiqchasiga qarshi chiqqanidan so‘ng mamlakatni tark etib, turmush o‘rtog‘i bilan birga Litvaga ko‘chib o‘tgan. Rossiya Adliya vazirligi uni 2023 yil yanvar oyida «chet el agent»lari reyestriga kiritgan.
2024 yil iyun oyida Moskva prokuraturasi Monetochka, aktrisa Yana Troyanova hamda tarixchi Tamara Eydelmanga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni talab qilgan. Shu yilning sentabrida xonandaga nisbatan rasman jinoyat ishi ochilgan, oktyabr oyida esa u qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026