Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, Rossiya harbiylari tun davomida Ukraina poytaxti Kiyev hamda Xarkiv şahriga raketa va zarbali dronlar bilan hujum qilgan.
Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning bildirişiça, hujum oqibatida kamida ikki kişi jabrlangan. Ulardan biri şifoxonaga yotqizilgan.
Şu bilan birga, Kiyev şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko poytaxt atrofida duşmanning hujumkor uçuvçisiz apparatlari harakatlanayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, şaharga havodan xavf saqlanib qolmoqda.
Avvalroq Kliçko Desnyansk tumanida raketa zarbasi oqibatida omborxonalarda yonğin çiqqanini, Svyatoşin tumanida esa noturar binoda yonğin sodir bölganini bildirgan. Şu munosabat bilan Kiyev böylab havo hujumi xavfi e’lon qilindi.
Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ham Rossiya tomonidan mamlakat poytaxti tomon şimoliy yönalişdan bir neçta ballistik raketa uçirilganini tasdiqladi.
Xarkiv şahrida ham hujumlar oqibatida jiddiy vayronalar qayd etildi. Şahar meri Igor Terexovning ma’lum qilişiça, kamida 20 dan ortiq xususiy uy, ibodatxona oynalari, köça yoritiş tarmoqlari va beşta avtomobil şikastlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Xarkivda ham ikki kişi jarohat olgan. Avvalroq şaharning Nemişlyansk tumaniga raketa kelib tuşgani xabar qilingan edi.
Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ma’lumotiga köra, Rossiyaning Kiyev, Xarkiv hamda mamlakatning markaziy va şarqiy hududlariga qarşi tungi havo hujumlari bir neça soat davom etgan.













