Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam dispetcherlik xizmatlarini yanada yaxshilash bo‘yicha yangi farmon imzolandi
Joriy yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Farmonda 2017 yilning 1 iyuligacha yagona ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlarni uzatish tarmog‘ini yaratgan holda, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirilishini ta'minlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilishi belgilangan. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tez tibbiy yordam faoliyatida dispetcherlik xizmatlarini yaxshilash, uning kechayu kunduz samarali ishlashini ta'minlash bugungi kun talabidir. Shu munosabat bilan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari joriy qilinadi.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024