Jahon | 14:22 / 17.03.2017
4605
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada bombali jo‘natmalar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Gretsiya politsiyasi qo‘lbola portlovchi qurilmalar joylangan ikkita paket qanday qilib pochta va aeroport nazoratidan o‘tib ketganini aniqlamoqda. Ushbu jo‘natmalar XVJ (Xalqaro valyuta jamg‘armasi)ning Parij bo‘limi va Germaniya moliya vazirligiga yuborilgan. Bu haqda Gretsiya fuqarolarni himoya qilish vaziri Nikos Toskas ANT1 telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan. Toskas Gretsiya politsiyasi ishini nazorat qiladi. 

15 mart kuni Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyblega yuborilgan bombali jo‘natma aniqlangan, 16 martda shu kabi jo‘natma XVJning Parijdagi direksiyasi kotibi qo‘lida portlagan edi. Xizmatchining qo‘llari va yuzi jarohat olgandi. Jo‘natmalarning ikkisi ham Gretsiyadan yuborilgani aniqlangan. Birinchi holat uchun javobgarlikni "Olovli bo‘linmalar fitnasi" o‘z zimmasiga olgan. Hozircha, Parijdagi jinoyatni hech kim zimmasiga olmagan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid