08:01 / 17.03.2017
3762

Perudagi toshqinlar qurbonlari soni 62 nafarga yetdi

Peruda yuz bergan kuchli toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 62 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Peruning favqulodda vaziyatlarda chora ko‘rish markazi. 

Avvalroq 51 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Globovision kanali ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatga Tinch okeanidagi "El-Nino" deb nomlangan iqlim fenomeni sabab bo‘lgan. Peru hukumatining ma'lum qilishicha, toshqinlar mamlakatning 25 ta viloyatidan 20 tasiga o‘z ta'sirini o‘tkazgan. Shuningdek, 70 dan ko‘proq odam jarohat olgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan. Kamida 56 ming perulikning mol-mulki vayron bo‘lgan yoki shikastlangan. Tabiiy ofat hammasi bo‘lib 546 ming kishiga ta'sir qilgan.  

Peru hukumati 16 mart kuni poytaxt Limadagi maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatilishini e'lon qilgan.

Top