Fransiya prezidenti saylovlarida necha nomzod ishtirok etishi aniqlandi
Fransiya prezidenti saylovlarida 11 nomzod ishtirok etadi, deb ma'lum qildi Fransiya konstitutsiyaviy kengashi raisi Loran Fabius.
Fabiusning aytishicha, qur'a tashlashga ko‘ra nomzodlar ro‘yxatidagi ismlar quyidagi tartibda joylashtirildi: "Fransiya, uyg‘on" partiyasi raisi Nikolya Dyupon-Enyan, "Milliy front" rahbari Marin Le Pen, "Olg‘a" harakati yetakchisi Emmanuel Makron,
"Sotsialistik partiya" vakili Benua Amon, "Ishchi partiya" nomzodi Natali Arto, "Yangi aksilkapitalistik partiya" yetakchisi Filipp Putu, "Birdamlik va taraqqiyot" partiyasi asoschisi Jak Sheminad, deputat Jan Lasal, so‘llar vakili Jan-Lyuk Melanshon, "Xalq-respublika ittifoqi" yetakchisi Fransua Aselino va "Respublikachilar" vakili Fransua Fiyon.
Fransiya prezidenti saylovlari ikki bosqichda 23 aprel va 7 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:05 / 22.11.2024
Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
13:52 / 20.11.2024
Fransiya O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rgatish jarayonini yo‘lga qo‘yadi
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:58 / 12.11.2024