Jahon | 19:22 / 18.03.2017
11395
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada ikkita samolyot to‘qnashib, savdo markazi ustiga quladi

Foto: Charles Contant/CBC

Kanadada savdo markazi ustida havoda Cessna 152 rusumidagi ikkita yengil samolyot to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda CBC telekanali. 

Fojia oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohatlangan. Falokat Monrealdagi Promenades Saint savdo markazi ustida yuz bergan. Samolyotlardan biri savdo markazi avtoturargohiga, ikkinchisi savdo markazi tomiga qulagan.

Falokat sabablari noma'lum, ta'kidlanishicha, havo ochiq bo‘lgan. Politsiya savdo markazini yopib qo‘ygan va guvohlarni so‘roq qilmoqda. 

Kanadaning transportdagi xavfsizlik kengashi ikkala samolyot ham Cargair uchuvchilikka o‘qitish maktabiga tegishli ekanligini ma'lum qilgan. Maktab vakillari ushbu voqea yuzasidan izoh berishdan bosh tortishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid