Muxlislar jahon çempionatlarida heç bölmaganda bitta top-jamoa bölişiga, qolganlar faqat ikkinçi örin uçun kuraşişiga örganib qolişgan. Ammo turnirda islohot ötkazilib, iştirokçilar soni 48 taga oşirilgaç, kuçli jamoalar barça guruhlarga ham yetmay qoldi. JÇ-2026 B guruhida ham amalda superyulduzlar yöq. Lekin buning örniga muntazam ravişda barqaror öyin körsatuvçi Şveytsariya, 40 yoşli Edin Jyeko va öz uyidagi turnirda barçani hayron qoldirişga bel boğlagan Kanada bor.
B guruhi taqvimi
1-tur
13 iyunga ötar keçasi, soat 00:00 (Toşkent vaqti)
Kanada – Bosniya va Hersogovina
14 iyunga ötar keçasi, soat 00:00
Qatar – Şveytsariya
2-tur
19 iyunga ötar keçasi, soat 00:00
Şveytsariya – Bosniya va Hersogovina
19 iyun, soat 01:00
Kanada – Qatar
3-tur
25 iyunga ötar keçasi, soat 00:00
Şveytsariya – Kanada
25 iyunga ötar keçasi, soat 00:00
Bosniya va Hersogovina – Qatar
Kanada
Murabbiy

Kanada milliy jamoasi ança vaqt davomida KONKAKAFda autsayder jamoalar qatorida bölib kelgan, ammo sönggi yillarda u yerda ham Alfonso Devis va Jonatan Devid kabi yulduzlar paydo böldi va öz-özidan natijalar ham keldi. 2022 yilda 36 yil içida ilk bor Kanada jahon çempionatiga çiqdi, 2024 yilda esa Amerika kubogi yarimfinaligaça yetib borib, Argentinaga yutqazdi.
Ammo şundan keyin jamoa öyinida pasayiş uzatildi va jamoa tez ösuvçi loyihalarga xos bölgan muammolarga duç kela boşladi: kutilmalar jamoaning özidan tezroq ösayotgandi. Vaziyatni tuzatiş uçun öz vaqtida juda istiqbolli mutaxassis sifatida körilgan Jyessi Marşga işonç bildirildi. U «Red Bull» tizimida katta tajriba töplagan, keyin esa «Lids»ni boşqargandi.
Marş qöli ostidagi jamoalar doim tajovuzkor öynaydi va köp pressing qiladi, şuning uçun Kanada ham istisno bölmadi. Şu bilan birga, jamoa bir neça yil oldingiga qaraganda kuraşlarga tayyor va kuçliroq bölib qolgan. Federatsiya jahon çempionati arafasida Jyessi bilan şartnomani 2030 yilga qadar uzaytirgani bejiz emas.
Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda kanadaliklarda tarkib bilan boğliq muammolar kuzatilmoqda. Ayniqsa, mudofaa çiziği bundan köp aziyat çekmoqda, bu çiziqda bir vaqtning özida bir neça futbolçi jarohat tufayli safdan çiqdi, natijada murabbiy dastlabki kengaytirilgan qaydnomaga odatdagi 27 örniga 32 futbolçini kiritişiga töğri keldi. Hujum ham u qadar kuçli holatda emas va jamoa sönggi vaqtlarda bir neça bor maydonni golsiz tark etgan.
Yulduzlar

Alfonso Devis – Kanada futbolining asosiy yuzi. Şuningdek, «Yuventus»dagi Jonatan Devid va «Sassuolo»dagi Ismael Kone ham bor, ammo mediadagi maşhurlik bobida ularning heç biri «Bavariya» futbolçisi darajasida emas.
Hozirda Devis eng yaxşi formasida emas, u sönggi yilni amalda töliq lazaretda ötkazdi. Avvaliga xoçsimon boğlamlari yirtilgan, keyin muşaklarida şikastlaniş röy bergan, keyin esa jarohatlar qaytalangan. Yakunda u «Bavariya» asosiy tarkibidagi örnini boy berdi. Hozir ham u Bosniyaga qarşi öyinda tuşişga tayyorligi aniq emas. Kanada bir futbolçiga kuçli darajada boğlanib qolgan jamoa emas. Ammo bu jamoada baribir köp narsa Alfonsoning qanotdan tezkor yurişlar qilişiga boğliq böladi.
Real maqsad
Kanadaning asosiy vazifasi – tarixda ilk bor jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqiş hisoblanadi. Va bu uddalaş mumkin bölgan vazifa: Şveytsariya – kvartetda yaqqol favorit, ammo şimoliy amerikaliklar jamoasi Bosniyani ham, Qatarni ham yenga oladigan darajada. Qolaversa, uyingda devorlar ham yordam beradi degan naql işlaşi mumkin.
Kanada uçun bu jahon çempionati – mamlakat içkarisida sportning futbol turini ommalaştiriş uçun imkoniyatdir. Jamoa bunga erişişi mumkin: tarkibda tezkor atletlar ham, Yevropa ligalarida öynaş tajribasiga ega bölgan futbolçilar ham, yaxşi bilimlarga ega bölgan murabbiy ham bor. Agar kanadaliklar turnir kaşfiyotlaridan biriga aylansa, bu sensatsiya hisoblanmaydi.
Tarkib
Darvozabonlar: Maksim Krepo («Orlando Siti»), Ouen Gudman («Kristal Pelas»), Deyn Sen Kler («Inter Mayami»).
Himoyaçilar: Moyze Bombito («Nitssa»), Derek Kornelius («Olimpik» Marsel), Alfonso Devis («Bavariya»), Lyuk De Fujyerol («Fulhem»), Alister Jonston («Seltik»), Alfi Jons («Midlsbro»), Riçi Lari («Toronto»), Niko Sigur («Xayduk» Split), Joel Uoterman («Çikago Fayr»).
Yarimhimoyaçilar: Ali Ahmad («Norviç Siti»), Teyjon Byukenen («Vilyarreal»), Matyo Şuaner («Los-Anjyeles»), Stefen Euştakiu («Portu»), Marselo Flores («UANL Tigres»), Ismael Kone («Sassuolo»), Liam Millar («Hall Siti»), Jonatan Osorio («Toronto»), Natan-Dilan Saliba («Anderleht»), Jyeykob Şaffelburg («Los-Anjyeles»).
Hujumçilar: Jonatan Devid («Yuventus»), Promis Devid («Yunion Sent-Jillua»), Kayl Larin («Malyorka»), Tani Oluvaseyi («Vilyarreal»).
Bosniya va Hersegovina
Murabbiy

54 yoşli Sergey Barbarezni Bolqondan taşqarida deyarli heç kim tanimaydi, ammo Bosniya futbolida u katta nom hisoblanadi. Yoşligida baland böyli futbolçi bölgan Sergey Bundesligani zabt etgan (Germaniyaning 6 ta klubida, jumladan, «Borussiya» Dortmund, «Hamburg» va «Bayyer»da) öynagan, bir marta mavsumning eng yaxşi töpurariga aylangan. Ammo uning eng katta işi – öz vatani milliy jamoasi boşqaruviga kelib, uni inqirozdan olib çiqiş böldi. Holbuki, Barbarez bungaça biror joyda boş murabbiy sifatida işlamagandi.
Bosniyaliklarning JÇ sari yöli Yevropadagi eng dramatik yöllardan biri böldi. Jamoa guruh bosqiçida Ruminiya bilan raqobatda ustun kelib, Avstriyadan keyingi ikkinçi örinni egalladi va ötiş bosqiçida qatnaşiş huquqiga ega böldi. Ötiş bosqiçida esa avvaliga Uelsni, keyin Italiyani penaltilar seriyasida mağlub etdi. Ayniqsa, italyanlarga qarşi hal qiluvçi uçraşuvda bosniyaliklar tajovuzkor öyin körsatib, yulduzli raqiblarga jiddiy kuraş taklif eta olgandi.
Barbarez jamoasini oddiy prinsiplar asosiga qurgan: intensivlik, töpni raqibga topşiriş va tezkor qarşi hujumlarga ötiş. Uning jamoasi doim ikkinçi raqamda harakat qiladi, lekin öyinni jismoniy va hissiy kuraşga aylantira oladi.
Yulduzlar

Yillar ötadi, Edin Jyeko esa jamoadagi asosiy yulduz bölib qolaveradi. Mart oyida u 40 yoşga töldi, ammo hamon jamoa sardori, eng yaxşi töpurari va oldinga uzatiladigan töplarning asosiy manzili hisoblanadi. Milliy jamoadagi öyinlar soni böyiça rekordçi hisoblangan uşbu hujumçi (148) saralaş siklida ham jamoaga katta yordam berdi (6+1). Bundan taşqari, Jyeko – hozirgi jamoaning 2014 yilgi mundialda ham bor bölgan ikki vakilidan biri hisoblanadi (ikkinçisi – 32 yoşli Sead Kolaşinats). Jyekoning xizmatlariga hamon Yevropada talab bor, u keyingi mavsumni Bundesligada – elitaga qaytgan «Şalke» safida ötkazadi.
Albatta, endi jamoadagi barça narsa avval bölgani kabi birgina Edinga qarab qolmagan. Yangi avlod yetişib kelmoqda: tarkibda «Ştutgart»ning asosiy futbolçilaridan biri bölgan Ermedin Demiroviç bor, Germaniya çempionatida öynovçi yana bir hujumçi Haris Tabakoviç («Borussiya» Myonhengladbah) esa töpurarlar poygasida Harri Keyn bilan raqobatlaşdi, şuningdek, Amar Dediç va Tarik Muharemoviç kabi himoyaçilar Yevropada ham öz nomiga ega.
Real maqsad
Bosniya oldiga qöyilgan asosiy vazifa – guruhdan çiqiş. Yuqorida aytilganidek, Şveytsariya birinçi örinni heç kimga bermasligi tayin, Kanadaga uy omili yordam berişi mumkin, şuning uçun, ikkinçi örin uçun kuraş juda qattiq keçadi. Ammo Barbarez şogirdlari özi autsayder deb qaralgan öyinlarda ğalaba qozona olişini bir neça bor namoyiş etgan.
Agar bosniyaliklar 1/8 finalgaça yetib bora olsa, bu milliy jamoa tarixidagi eng yuksak natijaga aylanadi. Uels va Italiya kabi raqiblardan öta olgan jamoadan istalgan natijani kutiş mumkin.
Tarkib
Darvozabonlar: Nikola Vasil («Sankt-Pauli), Martin Zlomisliç («Riyeka), Osman Hajikiç («Slaven Belupo»).
Himoyaçilar: Sead Kolaşinats («Atalanta»), Amar Dediç («Benfika»), Nihad Muyakiç («Gaziantep»), Nikola Katiç («Şalke»), Tarik Muharemoviç («Sassuolo»), Stepan Radeliç («Riyeka»), Dennis Hajikaduniç («Sampdoriya»), Nidal Çelik («Lans»).
Yarimhimoyaçilar: Amir Hajiahmetoviç («Hall Siti»), Ivan Şuniç («Pafos»), Ivan Başiç («Astana»), Jyenis Burniç («Karlsrue»), Ermin Mahmiç («Slovan»), Benyamin Tahiroviç («Brondbyu»), Armin Gigoviç («Yang Boyz»), Kerim-Sem Alaybegoviç («Red Bull Zalsburg»).
Hujumçilar: Amar Memiç («Viktoriya Plzen»), Esmir Bayraktareviç (PSV), Ermedin Demiroviç («Ştutgart»), Yovo Lukiç («Universitatya»), Samed Bajdar («Saragosa»), Haris Tabakoviç («Borussiya» Myonhengladbah), Edin Jyeko («Şalke»).
Şveytsariya
Murabbiy

2021 yilda Murat Yaqin Şveytsariya milliy jamoasi boşqaruviga tayinlanganida, köpçilik bu tanlov qançalik töğri ekaniga şubha bilan qaragandi. Nima bölganda ham undan oldingi boş murabbiy Vladimir Petkoviç davrida ham Şveytsariya muntazam ravişda yirik turnirlarga çiqib kelayotgan, jahon çempionatini 2002 yildan buyon ötkazib yubormagandi.
Ammo hozirgi kunga kelib işonç bilan aytiş mumkin: bu tanlov töğri bölgandi. Şveytsarlar uning boşqaruvi davrida ham barqarorlikni saqlab qoldi. Bu jamoa öyin davomida kuçni teng taqsimlaydi, doim raqobatbardoş bölib qoladi va muntazam ravişda yirik turnirlarda guruh bosqiçidan pley-offga çiqadi. 2024 yilgi Yevropa çempionatida Şveytsariya yarimfinalga çiqişga yaqin edi, ammo penaltilar seriyasida Angliyaga yutqazgandi.
U mahalliy media bilan tez-tez ziddiyatga boradi. Uni muntazam ravişda tarkib böyiça tanlovlari, sxemalar böyiça tajribalari va ğalati qarorlari uçun tanqid qilişadi. Ammo u natijalar bilan javob bermoqda: jamoa saralaş bosqiçini Şvetsiya, Sloveniya va Kosovo bilan bir guruhda mağlubiyatsiz ötkazib, atigi ikki gol ötkazdi va guruhdagi barçadan köproq gol urdi (14).
Yulduzlar

Şveytsariyaliklarning jahon çempionati uçun qaydnomasida – Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya çempionatlarida töp suruvçi 24 futbolçi örin olgan. Şuning özi köp narsadan darak beradi. Ular orasida esa jamoa sardori Granit Jaka yaqqol ajralib turadi. U bir vaqtlar haddan taşqari hissiyotga beriluvçi futbolçi edi, köp kartoçka olişi tufayli tanqid qilinardi. «Arsenal»daligida buning uçun öz klubi muxlislari tomonidan huştakbozlikka ham uçragan. Ammo sönggi yillarda u özgardi va ikkinçi yoşligini ötkazmoqda – avvaliga «Bayyer» bilan «Bavariya»ning bundesligidagi hukmronligiga çek qöydi, keyin esa APLga qaytib, «Sanderlend» yevrokuboklarga çiqişiga öz hissasini qöşdi. Granit terma jamoada ham muhim işlarni bajarişda davom etmoqda – yillar uning tezligiga va kuçiga ta’sir körsatmay qolmagan, ammo jamoa hujumlarini boşlab berişga va öyin tempini belgilaşga aynan u mas’ul.
Şveytsariyaliklarda himoya çiziği ham kuçli. Saralaş bosqiçida himoya çiziğidagi Manuel Akanji va Niko Elvedi juftligi buni körsatib berdi, Gregor Kobel esa ançadan buyon Yevropaning eng yaxşi darvozabonlari sirasiga kiradi. Uşbu jamoada 20 yoşli havbek Yoxan Manzambining («Frayburg») öyinlariga ham e’tibor qaratiş tavsiya etiladi, u ötgan mavsumni juda kuçli ötkazdi va Transfermarkt böyiça narxini 50 million yevroga kötarib oldi.
Real maqsad
Şveytsariya guruhdan birinçi örin bilan çiqişiga heç kim şubha qilmayapti va kvartet favoriti sifatida körilmoqda. Jamoa tarkibi va yirik turnirlardagi katta tajriba bunga asos beradi.
Ammo pley-offda vaziyat murakkablaşadi. Şveytsariya turnir ğolibligi uçun da’vogar hisoblanadigan top-terma jamoalar qatorida emas, u faqat jamoaviy öyinga tayanadi. Şu tufayli doimiy ravişda çorakfinalgaça yetib boradi.
Va aynan kuçli sakkizlikka kiriş – eng real va munosib natija sifatida baholanadi. Agar Yaqin şogirdlari yanada uzoqroqqa boradigan bölsa, bu şveysarlarning öz uyida ötgan 1954 yilgi jahon çempionatidan buyon qayd etilgan eng yuqori natijasiga aylanadi.
Tarkib
Darvozabonlar: Gregor Kobel («Borussiya» Dortmund»), Marvin Keller («Yang Boyz»), Ivon Mvogo («Loryan»).
Himoyaçilar: Manuel Akanji («Inter»), Niko Elvedi («Borussiya» Myonhengladbah), Miro Muhaym («Hamburg»), Rikardo Rodriges («Betis»), Silvan Vidmer («Mayns»), Luka Xakes («Ştutgart»), Orel Amenda («Ayntraxt»), Eray Jyomert («Valensiya»).
Yarimhimoyaçilar: Ardon Yaşari («Milan»), Denis Zakariyo («Monako»), Granit Jaka («Sanderlend»), Yoxan Manzambi («Frayburg»), Jibril Sou («Sevilya»), Mihel Ebişer («Piza»), Remo Froyler («Bolonya»), Kristian Fassnaht («Yang Boyz»), Fabian Rider («Augsburg»), Noa Okafor («Lids»), Ruben Vargas («Sevilya»), Dan Ndoy («Nottinghem Forest»).
Hujumçilar: Sedrik Itten («Fortuna»), Bril Embolo («Renn»), Zeki Amduni («Byornli»).
Qatar

Murabbiy
Öz uyida ötkazilgan jahon çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, Qatar yoqimsiz reallik qarşisida qoldi. Mahalliy futbol ösib borayotgani haqidagi ertaklar tugab, uning örnini şafqatsiz reallik egalladi. Qatarliklar şundan keyin Qatorasiga ikkinçi bor Osiyo Kubogida ğolib çiqişdi, ammo şu bilan birga, jamoa özidan kuçliroq jamoalarga qarşi heç qanday raqobat körsata olmay qolgani yaqqol körinib qolgandi. Qolaversa, mintaqadagi siyosiy muammolar tufayli qatarliklar 2025 yil dekabridan buyon biror marta rasmiy öyinda maydonga tuşmagan.
Köp umid boş murabbiy Hulen Lopetegiga boğlangan. U 2018 yilgi jahon çempionatiga Ispaniyani olib borgandi, ammo öşanda «Real» taklifi tufayli jamoani taşlab ketib, öz faoliyati uçun qörqinçli voqealar zanjirini boşlab bergandi. Ammo tajriba heç qayerga yöqolmadi: u uç yil «Sevilya»da, yana uç yil APL klublarida işladi. Hulen qayerda bölmasin, öz jamoalarini pragmatik va yopiq futbolga örgatadi.
Hozirda Qatar ham ehtiyotkorona öyin qilişga ötgan. Köpinça 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi, intizom, qarşi hujumlar va standart vaziyatlarga katta e’tibor qaratadi. Qatardagilar bunga e’tiroz bildirişi qiyin, çunki aynan şunday uslub evaziga jamoa ötiş bosqiçida BAAdan ustun keldi va jahon çempionatiga yöllanma oldi.
Yulduzlar
Jamoaning asosiy futbolçisi – Akrom Afif. Uni Osiyodan taşqarida köpçilik tanimasligi mumkin, ammo u qit’a miqyosidagi yulduz hisoblanadi. Aynan Afif 2023 yilgi Osiyo kubogining eng yaxşi futbolçisi deb topilgan va Qatarga qatorasiga ikkinçi titulni olib bergandi. U Iordaniyaga qarşi finalda het-trik qayd etgandi.
Qatar jamoasida barça hujumlar aynan u orqali amalga oşiriladi. U çiziqlar orqali harakatlanib, yarimqanotlarda böş joy qidiradi, şeriklari uçun vaziyatlar yaratadi va kutilmagan qarorlari bilan raqiblarni şoşirib qöyadi. Agar Qatar bu turnirda munosib iştirok etmoqçi bölsa, buning uçun Afifning öyini çiqişi talab etiladi.
Real maqsad
Öz mezbonligidagi turnirdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Qatar oldidagi minimum vazifa – jahon çempionatlaridagi ilk oçkoni qölga kiritiş hisoblanadi. 2022 yilda qatarliklar guruhdagi uçta öyinda ham yutqazgan va turnirning eng kuçsiz jamoasiga aylangandi. Hozir ham vaziyat ijobiy tomonga özgarmagan, Şveytsariya va Kanada ança yuqori darajada, faqat Bosniya bilan heç bölmaganda durang öynaş uçun urinib köriş mumkin. Ammo Lopetegi şogirdlari oçko olmasdan, munosib qarşilik körsata olsa ham, bu oldinga yuriş hisoblanadi.
Tarkib
Darvozabon: Saloh Zakariyo («Ad-Duhayl»), Meşaal Issa Barşam («As-Sadd»), Mahmud Abunada («Ar-Rayyan»).
Himoyaçilar: Bualem Huhi («As-Sadd»), Pedru Migel («As-Sadd»), Sulton Al-Brake («Ad-Duhayl»), Al-Haşmi Al-Husseyn («Al-Arabi»), Ayub Al-Ui («Al-Ğarafa»), Issa Layye («Al-Arabi»), Lukas Mendes («Al-Vakra»), Homam Al-Amin («Kultural Leonesa»).
Yarimhimoyaçilar: Ahmad Fathi («Al-Arabi»), Jassim Gaber («Ar-Rayyan»), Assim Madibo («Al-Vakra»), Abdulaziz Hatim («Ar-Rayyan»), Karim Budiaf («Ad-Duhayl»), Muhammad Al-Mannai («Aş-Şamal»).
Hujumçilar: Almuaz Ali («Ad-Duhayl»), Akrom Afif («As-Sadd»), Tahsin Muhammad Jamşid («Ad-Duhayl»), Edmilson Junior («Ad-Duhayl»), Ahmad Al-Ganehi («Al-Ğarafa»), Ahmad Alaliddin («Ar-Rayyan»), Hasan Al-Haydos («As-Sadd»), Muhammad Muntariy («Al-Ğarafa»), Yusuf Abdurisag («Al-Vakra»).
Prognoz
- Şveytsariya
- Kanada
- Bosniya va Hersegovina
- Qatar
Şveytsariya uçun guruh bölişi yengil sayr bölmasligi aniq, ammo birinçi örin uçun undan boşqa nomzod ham yöq. Çunki resurslar va tajriba Yaqinga qöl kelişi va bu natijani ta’minlaşi tayin. Kanada Bosniya bilan soliştirganda nisbatan yorqin öyin namoyiş etişi kutilmoqda. Qolaversa, öz uyida öynaşi ham jamoa foydasiga böladi. Qatar esa bu qadar kuçsiz tarkibi amalda guruhdan çiqiş imkoniyatiga ega emas.













