10 iyun kuni Kanada hukumati «Raqamli xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi, biroq muayyan xavfsizlik standartlariga javob beradigan platformalar bundan mustasno bo‘ladi.

Reuters nashri hukumat rasmiysiga tayanib yozishicha, mazkur qonun loyihasi Kanadada xavfsizlik standartlarini belgilash uchun raqamli regulyator tashkil etishni ko‘zda tutadi. Bu orqali esa sun’iy intellekt (AI) chatbotlarini ham xavfsizroq qilish maqsad qilingan.

Talablarga rioya qilmagan kompaniyalar global daromadlarining 3 foizi miqdorida yoki 10 million Kanada dollarigacha (7,2 million AQSh dollari) jarimaga tortilishi mumkin. Bunda qaysi daromad turi ko‘proq bo‘lsa, o‘sha miqdordagi jarima to‘lanadi.

«Ijtimoiy tarmoq platformalari va sun’iy intellekt chatbotlari e’tiborni jalb qilish uchun mo‘ljallangan. Ular bolalik davrining sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamaydi va ko‘plab yosh kanadaliklar uchun xavotir, yakkalanib qolish tushkunlik hamda bir qator boshqa ruhiy salomatlik muammolari manbaiga aylandi», dedi Kanada o‘zligi va madaniyati vaziri Mark Miller.

2026-06-12 14.03.08
Mark Miller markazda

«Ushbu qonunchilik yosh kanadaliklar uchun xavfsizroq muhitni ta’minlaydi va ularga shaxsan muloqot qilish, do‘stlik aloqalarini o‘rnatish, maktabda e’tiborni jamlash hamda hayotda rivojlanishlari uchun real dunyo ko‘nikmalarini o‘rganish imkoniyatini beradi», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Hukumat rasmiylari texnik brifingda qonun loyihasining qabul qilinishi uchun bir yil ketishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, hujjat qabul qilingandan keyin raqamli regulyatorni tashkil etish uchun yana 18 oy vaqt ketishi mumkin.

Texno-gigantlar va ekspertlarning munosabati

Google kompaniya vakili barcha platformalar uchun yuqoriroq xavfsizlik standartlarini o‘rnatish bo‘yicha Kanada federal hukumati bilan ishlashga sodiqligini bildirdi. «Toki ota-onalar farzandlari uchun yaxshiroq va xavfsizroq onlayn tajribalarni tanlashda ishonch va nazoratga ega bo‘lishsin»,