Nazarboyev Qirg‘iziston bilan chegara 2010 yilda nega yopib qo‘yilganini tushuntirib berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘iziston bilan chegara 2010 yilda nega yopilganiga izoh berdi. Bu haqda «Kazinform» xabar tarqatdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2010 yilda haqiqatdan ham chegara yopilgandi. «Kelajakda yana shunday vaziyat kuzatilsa, biz yana chegarani yopamiz. Qaysi davlat bunday holatda chegarani yopmaydi? Bugun Turkiya ham chegaralarni yopmoqda, o‘shanda esa Qirg‘iziston bilan chegarani O‘zbekiston ham, Tojikiston ham yopdi, shuning uchun bunda aybdorlar yo‘q, hammasiga bu davlatdagi holat aybdor edi», - deya aniqlik kiritdi u.
Qozog‘iston prezidentining aytishicha, qirg‘iz va qozoqlar birodar xalqlar bo‘lib, buni qo‘llab-quvvatlamaydiganlar yo‘q. «Biz qo‘shni davlatlarmiz. Prezidentlar va davlat rahbarlari ketadi, xalqlarimiz esa qoladi, shuning uchun hozirda bunga katta e'tibor qaratish kerak emas. Ularda hozirda saylovlar o‘tmoqda, hammasi o‘zgarmoqda, bunday holatda shunday vaziyatlar bo‘lib turadi», - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev OAV vakillariga bergan intervyusida.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Euronews telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning «Siz bu ittifoq (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) ko‘proq Rossiya manfaatlariga xizmat qiladi deb hisoblamaysizmi?» degan savoliga javob qaytarar ekan, shunday dedi: «Kim bilandir savdo qilish kerak, biz qo‘shnilar bilan qandaydir ishlashimiz kerak. Agarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaganimizda, bizga qamal (blokada) tahdid qilayotgandi. 2010 yilda, Qozog‘iston bizga bir yarim oylik qamal tashkil qilib berganida, bizda hattoki insonlar qurbon bo‘lgan. Bu ro‘y berdi, shuning uchun qamal – bu yomon narsa».
Eslatib o‘tamiz, keyinchalik ikki davlat tashqi siyosat idoralari diplomatik notalar bilan alishishgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
09:40 / 12.11.2024