Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
Qirg‘iziston prokuraturasi respublikada davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha ayblanuvchilarni to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi.
Asosiy ayblanuvchilardan biri Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining (MXDQ) sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev bo‘lib, unga hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish ayblovi qo‘yilgan.
Tashiyev bilan birga ish bo‘yicha yana yetti nafar ayblanuvchi, jumladan, sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushev va parlamentning sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li ham bor.
Jinoyat ishi maxfiylashtirilgan, sud majlislari matbuot ishtirokisiz o‘tkazilmoqda.
10 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2020 yil oktyabridan buyon Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tashiyevni lavozimidan ozod qildi.
Bundan oldin bir qator jamoat arboblari va amaldorlar mamlakat prezidenti saylovini zudlik bilan o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan edi. Hujjatni 75 kishi imzoladi. Ulardan 5 nafari keyinchalik huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
Shunda Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarining ishdan bo‘shatilishini davlat birligini mustahkamlash va jamiyatda bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik zarurati bilan izohlagan edi. Tez orada Tashiyevning iste’fosi ortidan mamlakat hukumatida ham kadrlar o‘zgarishi yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Transport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari va Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Parlament spikeri Turg‘unbek o‘g‘li avval lavozimini tark etdi, keyin esa deputatlik mandatini topshirdi.
Qirg‘iziston IIV Tergov xizmati «Ommaviy tartibsizliklar uyushtirish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026