Jamiyat | 13:02 / 18.03.2017
16865
2 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy Next savdo-hordiq majmuasida Navro‘z: dorbozlar, sumalak va boshqa milliy an'analar

Barcha uchun birdek sevimli Navro‘z ayyomi oilaviy Next majmuasida asrlar an'anasiga sodiq qolgan holda sayillar tarovati va tantanavor ruhi ila o‘tadi. Bayram tadbirlarida Farg‘ona vodiysidan kelgan dorbozlar, tosh ko‘tarar polvonlar, kurashchilar va masxarabozlar ishtirok etadilar. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 fevraldagi «2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq umumxalq sayli sifatida nishonlanadi.

Bayram tadbirlari 18 mart sanasidan boshlanadi va 10 kun davomida o‘tkaziladi. Xalq sayillari dasturi ayyomning bir necha yuz yillik an'analari tiklangan holda ezgulik va mehr, do‘stlik va ahillik tarannumi asosida kechadi.

Majmuaning ichki hovlisi eng yorqin va zavqli tomoshalar maydoni bo‘ladi, chunki aynan shu yerda Muso Polvon nomidagi oilaviy sirk truppasi o‘z chiqishlarini namoyish etadi. Jamoa tarkibi rishtonlik dorboz va polvonlarning to‘rtinchi avlodidan tashkil topgan. Polvonlar sulolasi 1880 yillarda O‘zbekiston hududida mashhur bo‘lgan Jaloliddin Polvondan boshlanadi. To‘rtovlon aka-uka Yusufjonovlar – Inomjon, Ilhomjon, Muhiddin va Ibrohimjonlar O‘zbekiston va Rossiya bo‘ylab gastrol safarlari o‘tkazib, ota-bobolaridan qolgan meros an'anani munosib davom ettirmoqdalar.

Navro‘zga bag‘ishlangan xalq sayillari dasturi o‘z ichiga sumalakdan totib ko‘rish, milliy va bolalar musiqa dastalari chiqishlarini ham qamrab oladi.

Kirish tekin.

Batafsil ma'lumot
Facebook: 
facebook.com
Telefon: 231 20-10

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid