Jahon | 22:28 / 18.03.2017
6479
2 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya o‘z hududida yadroviy obektlar joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda

Shotlandiya mustaqillikka erishgach, o‘z hududidagi istalgan yadroviy obektdan voz kechmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya parlamentida Shotlandiya milliy partiyasidan deputat Rodjyer Mallin ma'lum qilgan. 

"Bizningcha, Shotlandiyada qandaydir yadroviy obektlar joylashtiriladigan yer bo‘lmasligi kerak. Biz Shotlandiyadan Trident raketa tizimlarini olib chiqmoqchimiz. Biz yadroviy quroldan voz kechishni doimo qo‘llab-quvvatlaganimizga qaramasdan, Buyuk Britaniyaning yadro quroli asosan Shotlandiyada mujassamlangan", deb aytgan Mallin.

"Mustaqil davlat sifatida qurollanishida ommaviy qirg‘in quroli bo‘lmagan o‘z armiyamiz bo‘lishini istaymiz. Biz bu armiya tajovuzkor maqsadlar uchun emas, balki gumanitar yo‘lda xizmat qilishini istardik", deb aytgan Mallin.  

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 3 mart kuni Shotlandiyaning g‘arbiy sohilida joylashgan "Klayd" harbiy-dengiz bazasi 2020 yil oxirigacha Buyuk Britaniyaning barcha suv osti kemalari uchun "uy" bo‘lib qolishini aytgan. Shotlandiya milliy partiyasi Britaniyaning yadroviy jangovar kallak tashishga qodir bo‘lgan "Traydent" raketalariga ega atom suv osti kemalarining yangilanishi bo‘yicha qimmatbaho dasturiga qarshi chiqmoqda. Partiya mamlakat yadroviy qalqonini saqlab qolishdan ma'no yo‘qligini va uni pullarni bekorga ishlatish deb hisoblashini aytgan.

Shotlandiya bosh vaziri va Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Nikola Sterjyen mustaqillik bo‘yicha yangi referendum 2018 yil kuzi va 2019 yil bahori orasidagi davrda o‘tkazilishi kerakligini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid