Jahon | 18:27 / 18.03.2017
4507
1 daqiqa o‘qiladi

Tehron BMTni Isroilning Suriyadagi xatti-harakatini qoralashga chaqirdi

Eron TIV BMTni Isroil HHKning Suriyadagi xatti-harakatini qoralashga chaqirdi hamda Qudusni terrorizmni mustahkamlashdan manfaatdor ekanida aybladi, deb xabar bermoqda TASS Eron tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili Bahrom Qosimiyga asosan.

«BMTni bu tajovuzkorlikni qoralashga hamda xavfsizlikka tahdid uyg‘otuvchi bunday fitnali xatti-harakatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha sa'y-harakatlarni ko‘rishga chaqiramiz» - deyiladi bayonotda.

Tehronda ta'kidlashlaricha, Isroilning «tajovuzkor xatti-harakatlari» Qudus terrorchilar kuchini mustahkamlashdan manfaatdor ekanidan dalolat beradi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HHK samolyotlari Suriyadagi nishonni, Livanning “Hizbulloh” harakati qo‘liga eng ilg‘or qurol-yarog‘lar tushmasligi maqsadida ogohlantirish sifatida aniq mo‘ljalga olganini xabar qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid