Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio va Seulga nisbatan xalqaro sanksiyalar kiritilishi mumkin
Foto: RIA
Janubiy Koreya va Yaponiyada yadro quroli paydo bo‘lsa, Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvga ko‘ra, ularga nisbatan Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga o‘xshash xalqaro sanksiyalar kiritilishi mumkin, deb aytdi Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Vladimir Jabarov.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturlariga qarshi Seul va Tokioda atom quroli paydo bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
"Bu holda Rossiya Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni eslatib qo‘yishi mumkin", deb aytgan Jabarov.
Uning aytishicha, Yaponiya va Janubiy Koreyada yadro quroli paydo bo‘lsa, bu davlatlar sanksiyalar ostiga tushishi mumkin.
Senatorning fikricha, Tillersonning bu taklifi xalqaro hamjamiyat tomondan qo‘llab-quvvatlanishi dargumondir, chunki "Xitoyga uning yonida yangi yadro davlatlari paydo bo‘lishi kerakmas".
Jabarovning fikricha, Tillerson so‘zlari "tarbiyalovchi xarakter"ga ega bo‘lib, Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar sinovi bilan bog‘liq ravishda aytilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
19:52 / 21.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su isyon ishi bo‘yicha 23 yilga qamaldi
11:47 / 21.01.2026