Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyada bolalarning 5 yoshdan maktabga chiqishi odatga aylanmoqda
Irlandiyada ota-onalar o‘z farzandlari 5 yoshga to‘lishi bilanoq ularni maktabga berishi odat tusiga aylanmoqda. 2000 yildan 2017 yilga qadar "kichik yoshdagi" maktab o‘quvchilarining soni 52 foizdan 72 foizga oshgan. Bu haqida Dublindagi Meri Immakuleyt kolleji va Texnologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan olingan ma'lumotlarga asoslanib, irishtimes.com saytida xabar berildi.
5 yoshli maktab o‘quvchilari soni o‘tgan yillardagiga nisbatan sezilarli ravishda oshgan: 2000-2017 yillarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan 72 foizga o‘sgan. O‘z navbatida, boshlang‘ich maktabga borayotgan 4 yoshli bolalar soni kamaygan - ularning xuddi shu davrdagi soni 47 foizdan 27 foizga tushgan.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarining deyarli yarmi (49 foizi) o‘qishni 6 yoshda boshlash - bola uchun haddan ziyod kech, deb hisoblaydi.
Ta'kidlash joizki, Irlandiya qonunchiligi bolalarni 4 yoshdan boshlab maktabga berishga izn beradi. U yerda bolalar dastlab tayyorlov guruhlarida ta'lim olib, keyin 1-sinfga chiqishadi.
Irlandiya shunisi bilan boshqa Yevropa mamlakatlaridan farq qiladi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bolalar 6 yoshga yetgandan keyingina maktabga borishlari mumkin.
Finlyandiya va Shvetsiya kabi Shimoliy Yevropa mamlakatlarida esa bolalar birinchi sinfga 7 yoshdan boshlab borishadi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
17:45 / 26.10.2025
Irlandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod g‘alaba qozondi
16:20 / 23.10.2025
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
18:13 / 28.08.2025