Çorşanba kuni keçqurun Irlandiya poytaxti Dublin şahrida boşpana sörab murojaat qilgan xorijliklar yaşovçi mehmonxona oldida davom etayotgan tartibsizliklar doirasida ikki politsiyaçi jarohat olib, 20 dan ortiq kişi hibsga olindi. Namoyişlarga bir erkak şu mehmonxona yaqinida 10 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik qilişda ayblangani sabab bölgan.

Nimalar bölmoqda?
Boşpana sörab kelganlar yaşaydigan Citywest mehmonxonasi yonida çorşanba kuni keçqurun asosan ösmirlar va yoşlardan iborat namoyişçilar töplandi, deb xabar bermoqda RTE Irlandiya politsiyasiga (Garda) tayanib.
Ular politsiyaçilarga şişalar va muşakbozlik otişgan, keyin esa yöl va tramvay bekatidagi toş devorlarni buzib, toşlarni uloqtira boşlaşgan.
Politsiya namoyişçilar köpayişiga yöl qöymaslikka harakat qilgan. Oqibatda ikki xodim jarohatlangan: birining yelkasi şikastlangan, ikkinçisining boşiga şişa tekkan.

Politsiyaçilar suv purkagiç (vodomyot) qöllaşga tayyor edi, ammo bunga hojat qolmagan.
23 kişi qölga olingan. Yaqin kunlarda ularga nisbatan jamoat tartibini buziş böyiça ayblov e’lon qilinişi kutilmoqda.
Bu Dublindagi tartibsizliklar ikkinçi kun davom etişi. RTE ma’lumotlariga köra, seşanba kuni Citywest mehmonxonasi yaqinida 2 ming kişi tinç namoyişga töplangan, biroq tez orada niqob taqqan odamlar şişalar va toşlar uloqtira boşlagan va politsiya maşinasiga öt qöygan.

Birinçi kuni olti kişi hibsga olingan, bir politsiyaçi oyoğidan jarohatlangan.
Tartibsizlik ikki yarim soatga yaqin vaqt davom etgan, şundan keyin yiğilganlar tarqala boşlagan.













