Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte Yevroparlamentdan Filippin ishlariga aralashmaslikni qo‘pol tarzda talab qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte qo‘pol ravishda Yevroparlament a'zolaridan Filippin ishlariga aralashmaslikni talab qildi. Uning bu murojaati videosini The Guardian nashri namoyish qildi.
Dutertening bu talabi Filippinda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llash bo‘yicha rejalarini qoralovchi Yevroparlamentning yaqinda qabul qilgan rezolyutsiyasi bilan bog‘langan.
"Bilasizmi, yigitlar... Men inglizchada aytaman... O‘z madaniyatingizni yoki diningizni boshqa davlatlarga suqishtirmang, ayniqsa bizlarga. Ishingizni qilsangiz bo‘lmaydimi? Nimaga siz bizning ishlarga aralashishingiz kerak, jin ursin?", deb aytgan Duterte Myanmaga safari vaqtida.
2016 yil iyulda Filippinni boshqara boshlagan Duterte giyohvand moddalarga qarshi qattiqqo‘l usullari bilan nom chiqargan. U Davao shahri meri bo‘lganda bunday jinoyatlarda gumon qilinganlarni shaxsan o‘zi o‘ldirganini tan olgan.
Duterte, shuningdek, g‘arb siyosatchilariga nisbatan keskin so‘zlari bilan mashhur. Jumladan, u BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra'd al-Husaynni "ahmoq" deb atagan, AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani "jin ursin, seni" deb haqoratlagan.
Mavzuga oid
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026
Haaga sudi Filippin sobiq prezidenti ishi bo‘yicha eshituvlarni boshladi
11:53 / 12.02.2026
Yevroparlament Ukraina uchun 90 mlrd yevro kreditni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026