Foto: Xitoyda 19 qavatli bino ichidan o‘tuvchi poyezd
Xitoyning Chuntsin shahri metropoliteni sayyohlar va fotograflarni noodatiy jihati bilan o‘ziga jalb etadi. Bu shaharda yer osti yo‘lining bir qismi uy ichidan o‘tgan. 2004 yilda quruvchilar yo‘ldagi 19 qavatli binoni aylanib ham o‘tishmagan, uni yo‘ldan olib ham tashlashmagan, tunnel bino ichidan o‘tkazilgan.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, ovozpasaytirgich orqali poyezd shovqini eshitilmaydigan qilingan, uning ovozi idish yuvuvchi mashina ovozidan baland bo‘lmaydi. Ammo uyda turuvchilar haligacha tebranishlardan shikoyat qilishadi.
Shahar transport departamenti rahbarining ma'lum qilishicha, bunday qaror qabul qilinishicha, boshqa bo‘sh joy bo‘lmagani sabab edi. Shaharning bu qismi turli yo‘llar va binolar bilan to‘lib-toshgan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra shaharda 30-40 million kishi yashaydi.
Mavzuga oid
12:41 / 29.04.2021
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi metro xizmatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi
12:03 / 23.11.2020
10 dekabrgacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullari bosqichma-bosqich ochiladi
19:50 / 13.02.2020
Biz bilgan va bilmagan Toshkent metropoliteni (video)
17:29 / 01.02.2020