Xitoyning Özbekistondagi elçixonasi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida Çin yurtiga 5 kunlik sayohat uyuştirildi. Dastur doirasida mamlakatning ramzi sanalgan pandalar vodiysi, diqqatga sazovor tarixiy obidalari, zamonaviy şaharlar qiyofasi, kişini hayratga soluvçi ğaroyib infratuzilmalar bilan tanişildi. Xitoyda bölib qaytgan Kun.uz muxbiri öz taassurotlarini videolavhaga jamladi.
Safar davomida Xitoyning janubi-ğarbidagi yirik hududlar – Siçuan provinsiyasi hamda Çunsin şahri böylab sayohat uyuştirildi.


Siçuan provinsiyasi – ulkan toğlar va tekisliklardan iborat Xitoyning eng gözal maskanlaridan biri. Uning ma’muriy markazi – Çendu şahri. Çendu şahrining e’tiborli tomoni bu yerda pandalar saqlanadi.



Çunsin dunyodagi eng yirik megapolislardan biridir.
Xitoyga taşrif davomida YuNeSKOning Butunjahon madaniy va tabiiy merosi röyxatiga kiritilgan Dutszyanyan irrigatsiya tizimi bilan ham tanişildi. Dutszyanyan – hozirgaça saqlanib qolgan eng qadimiy töğonsiz suğoriş inşooti bölib, hozirgaça öz vazifasini bajarib kelmoqda. Töğon miloddan avvalgi 256 yilda qurilgan.

Xitoyga borsangiz albatta Zhongshuge kitob dökonini tomoşa qilişni tavsiya qilaman.
80 mingdan ortiq kitoblar jamlangan ajoyib dizaynga ega mazkur dökon dunyodagi eng maşhur maskanlardan biridir. Dökon intererida Dutszyanyan tabiati uyğunlaşgan: 360° panoramali oynasimon gumbaz, baland kitob javonlari kişini hayratga soladi.

Sayohat davomida ajoyib manzaraga Dutszyan’yan Pandalar vodiysida duç keldik. Atrofi qattiq qöriqlanadigan maxsus vodiyda 20 dan ortiq panda saqlanar ekan. Xitoyning ramzi bölgan pandalarni tomoşa qiliş uçun bu yerga har kuni minglab sayyohlar taşrif buyuradi. Vodiyda böliş maroqli. Çunki bu yerning ajoyib yaşil tabiati kişini hayratga soladi.
Şuningdek, sayohat davomida oltin hassa, bronza daraxt va qadimiy niqoblar saqlanadigan Guanxan şahridagi Sansinduy muzeyi, Tsin sulolasi davriga mansub qadimiy Kuançjaysyanszi köçasi, Çendu şahridagi Şutszin ipak töqiş va kaştaçilik muzeyi, Lunmenxao qadimiy köçasi, dronlar şousi ötkaziladigan Nanbinlu sohili, Çunsindagi dastlabki xususiy boğlardan biri hisoblangan Yanszi va Tszyalinszyan daryolari qöşiladigan nuqta hamda toğli şahar bölgan Elin boği, Elin Erçan madaniy-kreativ markazi, Çjunşansilu köçasida böliş nasib etdi.













