Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi metropoliten xizmatlari xususidagi holatlarni nazoratga olmoqda. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabarida aytildi.

Keça, 28 aprel kuni Toşkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida töxtab qoldi. Metrodagi nosozlik tufayli şahar jamoat transportida yuqori darajadagi tirbandliklar yuzaga keldi. «Çilonzor» yölida harakat töxtab qolgani tufayli bekatlarda töplanib qolgan yölovçilar taşqariga çiqişga majbur bölişgan.

Şuningdek, 18 mart kuni «Olmazor» (Çilonzor yöli) va «Bekat-1» (Sergeli yöli) orasidagi tunnelda ikkita poyezd töqnaşuvi yuz bergan bölsa, 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning oçiq eşiklar bilan harakati tuşirilgan video tarqaldi. 

Şu bilan birga, metropolitendagi yer osti va yer usti poyezd harakatlarining bir neçta boşqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda köp bora muhokama qilindi. Keça esa tunnelda töxtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yölovçilar relslar orqali harakatlanib bekatga yetib olişgani tasvirlangan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi ma'lumotiga köra, «Şahar yölovçilar transporti töğrisida»gi qonun 8-moddasida yölovçi taşişning asoslari belgilab qöyilgan, jumladan:

  • şahar yölovçilar transportining bir maromda işlaşini taşkil etiş;
  • yölovçilarga xizmat körsatiş sifati va madaniyatini oşiriş;
  • yölovçilar hayoti va soğliği xavfsizligini, transport vositalari harakati xavfsizligini, şuningdek atrof-muhitni muhofaza qiliş talablari bajarilişini ta'minlaş.

«Ammo, «poytaxt yer ostidagi» voqealar xizmat körsatuvçining öz majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda. Uşbu holatlar va har bir yölovçi iste'molçi ekanini hamda ularning haq-huquqlari «Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun bilan himoyalanişini eslatgan holda, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi yuqorida keltirilgan muammolarni öz nazorati ostiga olib, metropoliten xizmatlari yuzasidan örganiş işlarini boşlaganini ma'lum qiladi», deyiladi qömita xabarida.