O‘zbekiston | 17:18 / 20.03.2017
21174
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo va investitsiyaviy hamkori

Foto: «TASS»

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari o‘zaro tabrik almashdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlovida "O‘tgan tarixiy davrda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi serqirra va ko‘p tomonlama munosabatlar rivojida salmoqli natijalarga erishilgan"i mamnuniyat bilan ta'kidlangan.

Davlat rahbarining qutlovida "Bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanadi. Neft-gaz kompleksi, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, to‘qimachilik, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar birgalikda amalga oshirilmoqda va yangi loyihalar tayyorlanmoqda. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida bevosita aloqalar rivojlanmoqda".

Prezident Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Mavzuga oid