Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda talabalar yasagan raketa balandlik rekordini o‘rnatdi
AQShning Janubiy Kaliforniya universitetida talabalar tomondan yig‘ilgan Fathom II raketasi talabalar jamoalari tomondan yasalgan raketalar orasida balandlikka uchish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi. Ma'lum qilinishicha, raketa Nyu-Meksiko shtatidagi "Amerika" deb nomlangan xususiy kosmodromdan uchirilgan va 44 km balandlikka erisha olgan.
Raketa 3 oy yig‘ilgan. Bu vaqt davomida talabalar nafaqat raketaning dizaynini, balki parvoz vaqtida yerga ma'lumotlarni uzatish uchun avionikasini ham ishlab chiqishgan. "Raketani uchirishdan maqsad atmosfera va koinot o‘rtasidagi shartli chegara sanaluvchi Karman chizig‘iga erishish bo‘lmagandi. Maqsad ungacha bo‘lgan masofaning yarmidan yuqoriroqqa, ya'ni 55 km balandlikka ko‘tarilish bo‘lgandi. Jamoaning avvalgi rekordi 19 km bo‘lgan", deyilgan xabarda.
Raketa parvoz vaqtida tovush tezligidan 4 marta kattaroq tezlik bilan uchgan va uchirilgan joyidan 11 km uzoqlikda parashyutda qo‘ngan. Bu parvoz avval AQShning Delft Aerospace Rocket Engineering (21 km) jamoasi va HyEnD nemis jamoasi (30 km) tomondan o‘rnatilgan balandlik rekordlarini ortda qoldirdi.
Mavzuga oid
10:44 / 18.12.2025
Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 250 mln dollar ajratadi
09:05 / 09.12.2025
Namangan va Andijonda eng ko‘p yangi talaba o‘rinlari tashkil etildi
18:52 / 06.12.2025