Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy öquv yili boşida oliy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni ötgan öquv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga köpaygan.
Jami talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini esa erkaklar taşkil etgan. Şu tariqa, oliy ta’limda ayollar uluşi erkaklarga nisbatan yuqoriroq bölib qolmoqda.
Sönggi yillarda talabalar soni izçil ösiş tendensiyasini namoyon etmoqda. Xususan, 2021-2022 öquv yilida mamlakatda 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan bölsa, 2022-2023 öquv yilida bu körsatkiç 1 million 42,1 ming nafarga yetgan.
2023-2024 öquv yilida talabalar soni 1 million 314,5 ming nafarni, 2024-2025 öquv yilida esa 1 million 432,8 ming nafarni taşkil etgan. Joriy öquv yilida mazkur raqam ilk bor 1,5 millionlik marradan oşdi.
Mutaxassislar bu ösişni mamlakatda oliy ta’lim qamrovining kengayişi, yangi universitet va filiallar taşkil etilişi hamda qabul kvotalarining oşirilişi bilan izohlamoqda.
Şuningdek, statistika ma’lumotlari oliy ta’lim sohasida ayollar faolligi ortib borayotganini ham körsatmoqda.

















