Jahon | 14:18 / 21.03.2017
13977
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoqda migrantlarga nisbatan eng salbiy munosabatda bo‘luvchi millat vakillari aniqlandi

Foto: AFP

Chexiya fuqarolari migrantlarga nisbatan eng tanqidiy munosabatda ekani aniqlandi. Eurobarometr agentligi YeIning barcha mamlakatlarida shunga doir so‘rovnoma o‘tkazdi. 

Manbaga ko‘ra, atigi 14 foiz chex migrantlarga nisbatan ijobiy munosabat bildirgan. YeIda esa bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 66 foizni tashkil qilgan. 

"Chexiya fuqarolari migratsiya va terrorizmni YeIdagi asosiy muammo deb hisoblaydi. Ular Yevroittifoq miqyosida migratsiyaga nisbatan eng salbiy munosabat bildirishgan - faqat 14 foiz chex migratsiyaga ijobiy munosabatda bo‘lgan, YeIdagi o‘rtacha ko‘rsatkich esa 66 foizni tashkil qilgan. 23 foiz chex mamlakat qochqinlarga yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Shundan 12 foizi  migratsiyani foydali deb biladi, YeIda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 44 foizdan iborat. Chexiyaning taxminan 95 foiz aholisi noqonuniy migratsiya bilan bundan-da qat'iyroq kurashish zarur deb hisoblaydi", - deyiladi Yevrokomissiya portaliga taqdim etilgan so‘rovnoma ma'lumotlarida. 

Umuman olganda Yevropa Ittifoqi kelajagini 49 foiz chex ijobiy baholagan, 47 foizi esa - salbiy. 13 foiz chex Yevropa iqtisodiyotining yaxshilanishiga umid qilmoqda, 30 foizi esa uning yomonlashishiga ishonmoqda, so‘rovnomada ishtirok etganlarning deyarli yarmi hech qanday iqtisodiy o‘zgarishlarni kutmayotganini bildirgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, aksariyat chexlar uchun Yevropadagi asosiy qadriyatlar tinchlik, xavfsizlik, demokratiya va hamjihatlikdan iborat.  

Mavzuga oid