AQShda IShIDni to‘liq yakson qilish strategiyasi ishlab chiqilmoqda
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson mudofaa vaziri Jyeyms Mettisga IShID terrorchilik guruhini to‘liq yakson qilish bo‘yicha rejani tuzishda yordam ko‘rsatishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblashini aytdi. Tillerson bu haqda Independent Journal Review (IJR) internet-nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
IJR’ning ta'kidlashicha, yangi strategiyaning nomida asosiy so‘z "yakson qilish" bo‘lib, IShID muammosini Donald Trampning yaqin yordamchilari tomondan hal qilish bo‘yicha yondashuvning muhim farqi shundan iboratki, Barak Obama ma'muriyatida birinchi navbatda IShIDni zaiflashtirish haqida gapirilgan.
"Biz yo‘limizda IShID turguncha, Yaqin Sharqdagi ixtiloflarni bartaraf qilishga kirisha olmaymiz", deb aytgan AQSh davlat kotibi. Uning fikricha, IShIDga qarshi kampaniya uch boschiqdan tarkib topishi kerak: harbiy operatsiyalar, o‘tish davri va barqarorlashish dasturi.
IJR’ning ta'kidlashicha, Tillerson IShIDga qarshi kurashda yangi yondashuvni ishlab chiqish uchun boshqa vazirliklar va boshqarmalar rahbarlari, birinchi navbatda Pentagon rahbari bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga intilmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024