"Yevrovideniye"ning rossiyalik ishtirokchisiga Ukraina hududiga kirish taqiqlab qo‘yildi
Rossiyalik qo‘shiqchi Yuliya Samoylovaga Ukraina hududiga kirish taqiqlandi. Shu sababli qo‘shiqchi joriy yilda Ukrainada o‘tadigan "Yevrovideniye" musiqiy tanlovida ishtirok eta olmaydi. Ukraina qonunlariga ko‘ra, qo‘shiqchi Qrimga tashrif buyurgani sababli unga Ukrainaga kirish taqiqlandi.
Samoylovaga Ukraina hududiga 3 yil muddatga kirishni taqiqlash qarori Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan qabul qilindi. Qo‘shiqchiga Ukrainaga kirishni taqiqlash haqdagi gaplar avval ham yurgandi, biroq 22 martgacha ushbu vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berilmagandi.
"Yevrovideniye" tanlovida Rossiyani Yuliya Samoylova bildirishi 12 mart kuni ma'lum bo‘lgandi. Bu qaror jamiyatda katta bahs keltirib chiqargan. Ko‘plab jurnalistlar va mutaxassislar nogiron Samoylovaning tanlovga nomzodi siyosiy maqsadlar sababli ilgari surilganini aytishgan: go‘yoki Rossiya Samoylovaga Ukrainaga kirish taqiqlanishini oldindan bilgan va bu holat Yevropa Ittifoqi oldida Ukrainani nogironlarni tahqirlashda ayblashga asos berardi.
Ta'kidlanishicha, rossiyalik qo‘shiqchining Ukrainaga kirishining taqiqlanishi uning 2015 yilda Qrim respublikasining Kerch shahridagi konsertda ishtirok etgani bilan bog‘langan. Ukraina Qrimni Rossiya tomondan bosib olingan hudud deb hisoblaydi.
Avvalroq Yevropada Ukraina xavfsizlik xizmati tanlovga barcha davlatlar vakillarini qo‘yishga chaqirilgandi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida Ukraina tomonining bu qarori "orsiz va beshafqat" deb ataldi.
Hozirda 27 yoshda bo‘lgan Yuliya Samoylova 13 yoshida tayanch-harakat tizimidagi muammo sababli 1-guruh nogironi bo‘lib qolgan. U nogironlar aravachasida harakatlanadi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024