Foydali ish koeffitsiyenti rekord ko‘rsatkichli quyosh batareyasi yaratildi

Yaponiyalik mutaxassislar quyosh batareyasining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 26,3 foiz bo‘lishiga erishdilar. Ular bunga qanday muvaffaq bo‘lganlari haqida Nature energy jurnalidagi maqolada so‘zlangan.
Kremniy quyosh batareyasining FIKi uchun maksimal nazariy chegara 29 foizni tashkil qiladi. Biroq bu ko‘rsatkichga hali hech kim erisha olmagan. Amaliyotda FIK 20 foizga yaqinni tashkil qiladi, rekord ko‘rsatkich esa 25,6 foizni tashkil qilgan. Yaponiyalik olimlar bu ko‘rsatkichni 26,3 foizga yetkazishga muvaffaq bo‘ldilar.
Ular buning uchun taqiqlangan zonalar – ideal kristalldagi elektron ega bo‘la olmaydigan energiya qiymatlari sohasini minimallashtirish uchun yuqori sifatli yupqa plyonkali geteroo‘tish dan(ikkita turli yarimo‘tkazgich kontakti) foydalanishgan. Bundan tashqari, olimlar batareyaning yuqori qismini amorf kremniy va fotonlar tarqalishidan qochish uchun aksqaytaruvchi qoplama bilan qoplashgan.
Mutaxassislar batareyani yanada takomillashtirishni rejalashtirilmoqdalar. Ular 29 foizlik FIKga erishishga imkon bermayotgan bir necha sabablarni aniqlashdi. Bu sabablar orasida optik yo‘qotishlar va tashqi rekombinatsiyadagi yo‘qotishlar bor.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi oshadi
O‘zbekiston | 11:57
-
Masxaralangan ta’lim vaziri va mustaqilligi uchun kurashayotgan universitet – Harvarddagi mojaro
Jahon | 11:20
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

15:50 / 12.03.2017
Panasonic'dan haqiqiy yangilik

19:21 / 08.02.2017
Quyosh batareyasida ishlovchi kosmik qurilma sinovi rejalashtirilmoqda

11:13 / 14.12.2016
Dubayda quyosh batareyali qayiq foydalanishga topshirildi

11:23 / 29.10.2016