Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida organik quyosh batareyalari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim o‘zgarishi tadqiqotlari universiteti hamda Shvetsiyaning organik quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi Epishine kompaniyasi vakillari onlayn uchrashuv o‘tkazib, energiya tejovchi va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Markaziy Osiyo ekologiya va iqlim o‘zgarishi tadqiqotlari universiteti hamda Shvetsiyaning Epishine kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
1996 yilda Shvetsiyaning Linchyoping shahrida tashkil etilgan Epishine kompaniyasi organik quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda elektrotexnika sanoati, energiya tejovchi va “yashil” texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Epishine kompaniyasining xalqaro marketing direktori Florent Pellissiyer o‘zbek elektrotexnika korxonalari bilan innovatsion mahsulotlar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kooperatsiya hamkorligini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Kompaniyaning hamta’sischisi esa Linköping University bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy aloqalar o‘rnatishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Suhbat davomida tejamkor innovatsion batareya texnologiyasini O‘zbekistonga jalb etish va lokalizatsiya qilish, shu yo‘nalishda qo‘shma tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy korxonalar bilan muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, Epishine kompaniyasi rahbarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet — Green University va Linköping University o‘rtasida qo‘shma o‘quv dasturlar, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2025
Stokholm markazida avtobus bekatga kelib urildi: halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor
14:08 / 29.10.2025
Shvetsiyada 13–14 yoshlilar uchun hibs markazlari joriy etiladi
11:40 / 30.09.2025
Shvetsiya Ukrainaga yangi «qishki» yordam paketini taqdim etadi
12:03 / 24.09.2025