Fan-texnika | 19:21 / 08.02.2017
7753
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh batareyasida ishlovchi kosmik qurilma sinovi rejalashtirilmoqda

Aftidan, uchuvchisiz havo qurilmalari tez orada nafaqat yer atmosferasida, balki kosmosda ham qo‘llaniladi. Sinxua agentligining xabar berishicha, Xitoy aerokosmik akademiyasi muhandislari ularga katta umid bog‘lashmoqda. Ular 2017 yilda quyosh batareyasida ishlovchi uchuvchisiz havo qurilmasini sinab ko‘rishni rejalashtirishmoqda. Ni-news shu haqida xabar berdi. 

Shi Ven rahbarligidagi muhandislar jamoasi tomonidan avtonom boshqariluvchi havo qurilmasi ishlab chiqildi. Hozirga kelib test namunasi bir qator muvaffaqiyatli parvoz sinovlarini yer sharoitlarida  yakuniga yetkazdi, endi esa qurilmani orbitaga chiqarishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Qurilmaning aniq texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar yo‘q. Biroq shunisi ma'lumki, uchuvchisiz qurilmaning qanot o‘lchamlari Boeing 737 qanotlarini ortda qoldiradi. Sinov tajribasi davomida esa qurilma tezligi soatiga 150-200 kilometrga yetgan. Shi Venning so‘zlariga ko‘ra, 

"Hajmiga ko‘ra, bu NASA tasarrufidagi quyosh energiyasida ishlovchi dunyodagi ikkinchi qurilma. Bizning dronimiz juda yuqori balandliklarda yetarlicha uzoq vaqt davomida zaryadsiz parvoz qila oladi".

Muhandislarning ta'kidlashicha, kosmik drondan asosan radiolokatsion qidiruv, havo razvedkasi, tabiiy ofatlar va meteorologik kuzatuvlar monitoringi, shuningdek telekommunikatsiya va aloqa retranslyatsiyasi maqsadlarda foydalaniladi. Ta'kidlash joizki, qurilma maketi jamoatchilikka birinchi marta Chjuxaydagi Airshow China — 2016'da namoyish etilgan. 

Mavzuga oid