Jahon | 21:34 / 23.03.2017
5097
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy qurolli kuchlarida kutilmagan aksilkorrupsiya tekshiruvi o‘tkazildi

2017 yilning boshidan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) hukumati butun mamlakat bo‘ylab 500 harbiy qism va boshqa harbiy obektlar orasida kutilmaganda aksilkorrupsiya tekshiruvini o‘tkazdi. Bosh taftish organi vazifalari Xitoy Kommunistik partiyasining intizom tekshiruvi bo‘yicha Markaziy komissiyasi zimmasiga yuklatildi. Bu haqida "Tszefantszyun bao" gazetasida xabar berildi

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur tekshiruvlar davomida komissiya inspektorlari buxgalteriya hujjatlari, shuningdek rasmiy uchrashuvlar videotasmalari ko‘zdan kechirilgan.

Komissiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv davomida noqonuniy pul to‘lovlari, davlat mablag‘lari va xizmat transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish borasida jiddiy tartibsizliklar aniqlangan. 

"Komissiya faoliyatining maqsadi - XXR rahbariyatining qat'iy aksilkorrupsiya siyosatini hayotga tadbiq qilish", - dedi qurolli kuchlar tuzimasi manbasi. 

Tekshiruvning dastlabki yakunlariga ko‘ra, 12 nafar harbiy va mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka jalb qilingan. 

Mavzuga oid