Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatida Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasi taqdim qilindi
AQShning Demokratlar va Respublikachilar partiyalari senatorlari Eronning ballistik raketalarni uchirishi va boshqa xatti-harakatlariga nisbatan unga sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi qonun loyihasini senatga kiritdilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinish imkoniyati katta. Hujjat ballistik raketalar sinoviga aloqador bo‘lgan shaxslar hamda "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi"ning (IIQK) shakllantirilishiga qarshi sanksiyalarni ko‘zda tutadi. AQShda IIQK terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinadi.
Bundan tashqari, hujjat AQSh prezidentidan Eronga qurol-aslaha yetkazishga taqiqlovni buzishga aloqador jismoniy va yuridik shaxslar mulkiga taqiq qo‘yishni talab qiladi.
Mavzuga oid
10:41
Venesuela neft sohasini xususiy investorlar uchun ochdi
08:46
AQSh Kubaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga qarshi boj joriy etmoqda
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
21:25 / 29.01.2026