Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan sovuq qish fonida Ukrainaga zarba berishni bir haftaga to‘xtatishni so‘raganini aytdi.
Foto: Getty images
Tramp so‘zlariga ko‘ra, Putin bunga rozi bo‘lgan. - Sizga shuni aytishim kerakki, bu juda yoqimli bo‘ldi, - deb qo‘shib qo‘ydi respublikachi. Bu suhbat aynan qachon bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga ommaviy zarbalarni davom ettirmoqda - ayniqsa qish boshida va o‘rtasida. Bu Kiyev, Xarkov va Odessa kabi yirik shaharlarda elektr, issiqlik va suv ta’minotida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ldi. Keng ko‘lamli hujumlar energetika tizimiga (nimstansiyalar, elektr stansiyalari va elektr uzatish liniyalariga) qaratilgan raketalar va dronlarni o‘z ichiga oladi. Zarbalar oqibatida minglab uylar o‘ta sovuq ob-havoda issiqlik va elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Shuningdek, Tramp ushbu yig‘ilishda aytishicha, maxsus vakil Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner «juda qattiq ishlamoqda», shu bois Ukrainadagi urushning yakuni yaqinlashmoqda.
«Bu Amerika ma’muriyatlari tarixidagi eng omadli yil bo‘ldi <...> Biz sakkizta urushni to‘xtatdik. Va yana biri, bizning fikrimizcha, yakunlanish arafasida. Stiv Uitkoff va Jared [Kushner] juda qattiq ishlayapti. Va o‘ylaymanki, biz urushning yakuniga yaqinlashmoqdamiz», dedi Amerika prezidenti.
Mavzuga oid
21:25 / 29.01.2026
«Katta armada». Tramp Eron sohillariga yuborgan harbiy kuchlar haqida nimalar ma’lum?
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13 / 29.01.2026