Jahon | 08:03 / 25.03.2017
3334
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada vertolyot falokatga uchradi

Buyuk Britaniyaning Berkshir grafligida vertolyot falokatga uchradi. Vertolyot Reding shahri yaqinida Temza daryosi bo‘yiga qulagan. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Daily Express nashri xabar bermoqda

Politsiya vakillarining aytishicha, voqea joyiga politsiyachilar va favqulodda xizmatlar xodimlari chiqishgan. Voqea yuz bergan hudud o‘rab olingan.

Ma'lum qilinishicha, vertolyot ichidan 2 kishi mustaqil ravishda chiqib kela olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid