28 iyun kuni Saudiya Arabistonining neft giganti «Aramco» kompaniyasiga qaraşli vertolyot Fors körfazi sohilida — Hörmuz böğzidan ğarbda joylaşgan Ras-Tanura şahrida qulab tuşdi. Saudiya davlat axborot agentligi xabariga köra, hodisa oqibatida bortdagilarning barçasi — qirollikning 14 nafar fuqarosi halok bölgan. Halokat sabablari hozirça noma’lum.
«Tegişli organlar halokat sabablarini aniqlaş uçun töliq tergov boşladi», deya qöşimça qildi davlat axborot agentligi. «Aramco» xalqaro OAVlar sörovlariga javob bermagan.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da yuz bergan, davlat axborot agentligi ham boşqa tafsilotlarni oçiqlamadi.
Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Ras-Tanura şahrida «Aramco»ning yirik neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan bölib, u Yaqin Şarqdagi eng yirik zavodlardan biridir.
Reutersʼga köra, «Aramco» deyarli tört oylik tanaffusdan keyin 26 iyun kuni Ras-Tanura terminalida xom neft yuklaşni qayta tiklagan edi.
Dunyodagi eng yirik neft eksportçisi bölgan Saudiya Arabistoni Yaqin Şarqda kelişuv umidlari paydo bölgaç — neft va gaz qazib oliş hamda eksport qilişni köpaytirgan, söng yuklarni tezroq taşiş harakatiga qöşildi.












