Jahon | 12:56 / 27.03.2017
2791
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda avtobus daryoga quladi, ko‘plab qurbonlar bor

Hindistonning Manipur shtatida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 25 inson jarohatlandi. Bu haqda PTI agentligi politsiyaga asosan xabar berdi.

Hodisa Senapati okrugidagi Impxal-Dimapur yo‘lida dushanba kuni taxminan 03.30da ro‘y berdi. Avtobus yo‘ldan chiqib ketib, daryoga qulab tushgan.

YTH sabablari hozircha noma'lum. Jarohat olganlar yaqin oradagi kasalxonaga olib ketildi. Politsiyada ma'lum qilishlaricha, qurbonlar soni ortishi mumkin, sababi jarohatlanganlardan ko‘pchiligi og‘ir ahvolda qolmoqda.

Hindistonda ko‘plab jiddiy yo‘l-transport hodisalari avtomobillar ko‘pligi, yo‘l holatining yomonligi va ehtiyotsiz boshqaruv tufayli yuz beradi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, har kuni avtohalokatlar tufayli 400 kishi hayotdan ko‘z yumadi, bir yilda esa YTH oqibatida hayot bilan vidolashganlar soni 150 ming kishini tashkil qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid